So’nggi yangiliklar

16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  1 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  2 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  10 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5

La liga 25-tur. “Real Madrid” - “Las-Palmas”. 6x3 Yangiliklar

La liga 25-tur. “Real Madrid” - “Las-Palmas”. 6x3

Kecha Ispaniya chempionatining 25-turdan o'rin olgan “Real Madrid” va “Las-Palmas” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv ko'pchilik uchun qiziqarli tus olgan bo'lishi tabiiy. CHunki Kataloniyaning “Barselona” klubi turnir jadvalida “Qirollik klubi”ni taqib qilib kelayotgandi. Bir necha turdan beri “Real”ning ishlari yurishmayapti.

Hammasi “Valensiya”ga qarshi chempionatning qoldirilgan 16-tur uchrashuvidan boshlandi. “Mestalya”da bo'lib o'tgan “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda “Real Madrid” mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. “Ko'rshapalaklar"ning ushbu g'alabasi “Barselona” klubi va muxlislarini quvontirgan bo'lsa ajabmas. Zero “Real”ning ochko yo'qotishi “Barselona”ning ularga yanada yaqinroq bo'lib olishiga xattoki turnir jadvalida peshqadam bo'lib olishga ham turtki beradi.

Kecha “Barselona” chempionatning navbatdagi turida “Sporting Xixon” klubini qabul qildi va raqiblarini (6:1) hisobida yanchib tashladi. Ushbu bahsdan 2 soat o'tib Madridning “Real” klubi o'z uyida “Las-Palmas” klubini qabul qildi. O'yin boshlanishiga ko'p bo'lmasdan “Real Madrid” hisobda oldinga chiqib oldi. Golni esa raqiblar darvozasiga Isko kiritdi. Oradan ko'p vaqt o'tmay raqiblar vaziyatni o'ngladi va katta kuch bilan oldinga o'ta boshladi. Uchrashuvning 70-daqiqasiga kelib “Las-Palmas” 2ta to'p farqi bilan hisobda oldinga o'tib olgandi.

Ushbu bahsni boshqarib borgan hakam David Fernandes Borbalan “Real Madrid” raqiblar darvozasiga kiritgan 6ta goldan 3 tasini inobatga olmadi. Savol tug'ilishi mumkin, uchrashuvdagi inobatga olinmagan 3ta golda ham “Real” futbolchisi o'yindan tashqari holatda edimi?


Isko raqib darvozaboni bilan 1 ga 1vaziyatga chiqib borayotganda bosh hakam Fernando Barbolan o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

Bunday holatda muxlis o'z fikrini bildirishi mumkin, jurnalist esa vaziyatni tahlil qilib chiqadi. Qaror esa bosh hakam tomonidan qabul qilib bo'lingan. Uni o'zgartirishga esa hech kimni haqqi yo'q.

“Qirollik klubi” o'z uyida “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda mag'lubiyatga teng durangni qabul qilib oldi. “Real”ning bunday natija qayd etishi “Barselona”ning musobaqa reytingida peshqadam bo'lib olishiga yordam berdi. “Real Madrid” zaxirasida “Selta”ga qarshi bitta o'yin bor. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonsa ham qolgan o'yinlarda “Real”ning mag'lub bo'lishiga haqqi yo'q. Bundan tashqari “Santyago Bernabeu”da “El-klassiko” “Barselona”ga qarshi bahs ham kutib turibdi.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика