So’nggi yangiliklar

02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  1 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  1 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  1 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  4 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  4 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  7 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  8 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  24 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2

La Liga. 2021 yilning ilk – 17 tur uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. 2021 yilning ilk – 17 tur uchrashuvlari prevyusi

Yangi yilning ikkinchi kunida turibmiz.

Hali ham bayram tugamagan ko'pchilik uchun, Ispaniyada esa futbolchilar La Liganing 17-turini boshlash arafasida. Ispaniya chempionatidagi 2020 yilning oxirgi tur o'yinlari qanday kechdi, qisqacha to'xtalamiz. 

Grand jamoalar – “Barselona” va “Real Madrid” o'z raqiblari bilan durangga imzo chekdi: 1:1. “Levante” o'z maydonida “Betis”ni qabul qildi va bir kishi kam bo'lsa-da 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Madridning “Atletiko”si esa “Xetafe”ni minimal hisobda taslim etdi. CHempionat turnir jadvalidagi holati, o'yinlar natijalari bilan batafsil bu erda JADVAL tanishishingiz mumkin.

Endi esa, boshlanajak 17-turning ayrim o'yinlari anonsiga to'xtalib o'tamiz.   


“Kuchli uchlik”ka intilayotgan “Sevilya” mehmonda “Betis”ga qarshi

O'tgan turda 4 ta to'p o'tkazib yuborgan “Betis” o'z uyida ayni vaqtda 4-pog'onada borayotgan “Sevilya”ni qabul qiladi. Turnir jadvalida o'yinlar soni jihatdan “Betis” ko'proq o'yin o'tkazgan – 16 ta. “Sevilya” esa 14 bahsda ishtirok etganiga qaramay anchagina yaxshi natija qayd etmoqda. 4 bor mag'lubiyatga uchragan sevilyaliklar, “Betis”da esa mag'lubiyatlar soni 9 ta. Yangi yilni yaxshi boshlashga ikki jamoa ham harakat qilishi katta ehtimol. 2 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanuvchi o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi. 

O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 116 uchrashuvdan 34 tasida “Betis”, 56 tasida esa “Sevilya” g'alaba qozongan. 26 bahs durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Vilyam Karvalyu, Sidney, Mark Bartra, Klaudio Bravo, Viktor Kamarasa (“Betis”). Serxio Eskudero, Tomash Vatslik (“Sevilya”).


O'tgan turda durang o'ynagan “Real Madrid”, o'tgan tur g'alabaga erishgan “Selta”ga qarshi

“Real Madrid” 16-turda “Elche”ga qarshi mehmonda kechgan bahsda durang o'ynadi (1:1). “Selta” esa “Ueska”ni o'z uyida mag'lub etdi (2:1). Madridliklarning duranggi ularni peshqadam “Atletiko”dan 2 ochkoga ortda qoldirib yubordi. Qo'shimchasiga, “Real” “Atletiko”ga qaraganda 2 o'yin ko'p o'tkazgan. “Selta”da vaziyat biroz boshqacharoq. Jamoa 8-pog'onada va mag'lub bo'lgan taqdirda ham pastga tushib ketmaydi. Bir o'rin pastdagi “Kadis” bilan ochkolar farqi esa 4 tani tashkil etadi. Ushbu bahs 2 yanvardan 3 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasidagi 108 o'yindan 62 tasida “Real Madrid”, 29 tasida esa “Selta” 3 ochkolik bo'lgan. 17 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Rodrigo (“Real Madrid”). David Xunka, Serxio Alvares, Kevin Vaskes (“Selta”).


Peshqadam “Atletiko” o'rtameyona “Alaves” mehmoni bo'ladi

Ikki jamoa ham 2020 yilni yaxshi yakunladi deyish mumkin. Madridliklar o'z maydonida 3 ochkoga ega chiqishgan bo'lishsa, “Alaves” jamoasi mehmonda “Osasuna” bilan durang o'ynadi. Endi esa o'z maydonida peshqadam jamoani qabul qiladi. 13-o'rinni band etib turgan jamoadan tashqari yana 2 klub bir xil – 18 ochkodan jamg'arishgan. “Atletiko” esa “Real”dan 2 ochkoga ustun. Qisqasi, ikkisining ham mag'lubiyatga uchrashga haqlari yo'q. Ushbu o'yin 3 yanvar kuni 20:15 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy 22 o'yinning 12 tasida “Atletiko Madrid”, 5 tasida “Alaves” g'alabaga erishgan. Yana 5 uchrashuv esa durang natija bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pere Pons, Rodrigo Eli (“Alaves”). Ektor Erera, Ivo Grbich (“Atletiko Madrid”).


O'rtameyonalar safiga kirib borayotgan “Barselona” autsayder “Ueska”ga qarshi

“Barselona” uchun 2020 yil omadli keldi deyish qiyin. Karantindan keyingi futbolni eslaydigan bo'lsak, “Bavariya”ga uchralgan mag'lubiyat bilan 2019/20 yilgi mavsum esda qolgan. Yangi mavsumning avvalida esa bir qator mag'lubiyat, duranglardan boshi chiqmay qolgan kataloniyaliklar endigina o'ziga keldi deganda, o'tgan tur yana durang o'ynadi. Ammo bu safargi raqib autsayder “Ueska”. 16 o'yindan so'ng atigi 1 bor g'alaba qozongan jamoa 20-o'rinda. Ammo o'z maydonida bo'ladigan bahsda sal bo'lsa ham qo'shimcha kuch bo'lishi mumkin. Ushbu o'yin 3 yanvardan 4 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 4 bahsdan 3 tasida “Barselona” g'alaba qozongan. 1 o'yin esa durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Antoni Valera, Pablo Maffeo, Sandro Ramires (“Ueska”). Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike (“Barselona”).


Turning so'nggi o'yini: “Valensiya” – “Kadis”

O'rtameyonalar jangi deyish ham mumkindir, balki. Ammo, natija etibori bilan qaraydigan bo'lsak, “Valensiya”da holat birmuncha yomonroq. Jamoa 17-pog'onada bormoqda ayni vaqtda. Bor-yo'g'i 3 bor g'alabaga erishgan 16 o'yindan. “Kadis” esa 5-6 tur oldin ECHLga yo'llanma beruvchi pog'onalarda yurgan bo'lsa, hozir 9-o'rinni band etishgan. Bu jamoalarning ikki ham bir xil: 16 tadan o'yinda ishtirok etishgan. Ikki jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. Bunda, kim qanday natijada qayd etishini esa 4 yanvar kuni tunda – 01:00 da bo'lib o'tadigan o'yin davomida ko'ramiz.   

O'zaro o'yinlar: Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan 22 bahsning 13 tasida “Valensiya”, 4 tasida “Kadis” g'alaba qozongan bo'lsa, 5 uchrashuvda tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Gabriel Paulista, Yasper Sillessen, Ugo Gilyamon, Toni Lato, Urosh Rachich (“Valensiya”). Augusto Fernandes (“Kadis”).


SHuningdek, 2021 yil hisobida Ispaniya chempionatidagi dastlabki turda quyidagi o'yinlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan:

02.01  18:00  (Toshkent vaqti)  “Vilyarreal” – “Levante”

02.01  22:30  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Valyadolid”

03.01  18:00  (Toshkent vaqti)  “Atletik Bilbao” – “Elche”

03.01  22:30  (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Granada”

03.01  22:30  (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Osasuna”


Yangi yilni futbol bilan qarshi oling!


Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика