So’nggi yangiliklar

00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  1 00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  40 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  5 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  41 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  4 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0

La Liga. 16-o'rindagi “Alaves” 6-o'rindagi “Sevilya”ga qarshi va 19-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. 16-o'rindagi “Alaves” 6-o'rindagi “Sevilya”ga qarshi va 19-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Sentyabr oyida start olgan La Liga o'yinlarning birinchi davrasi ham turlar soni hisobidan olib qaralsa yakuniga etadi.

To'g'ri, ayrim jamoalar hali to'liq 18 bahsni o'tkazib ulgurmadi. Ayrim jamoalar esa allaqachon qolgan 18 raqibi bilan kuch sinashishga ulgurdi. Boshlanajak 19-tur oldidan esa biz avvalgi turni birrov eslab o'tamiz.

Jangovar kechgan “Sevilya” – “Real Sosedad” bahsida mezbonlar 3:2 hisobida ustun kelishdi. “Granada” o'z maydonida “Barselona”ni qabul qildi hamda 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “Real Madrid” mehmon “Osasuna”ni enga olmadi – 0:0. “Valyadolid” uyida “Valensiya”ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. SHu kabi bahslar bilan yakuniga etgan turdan so'ng Ispaniyada kubok va superkubok bahslari o'tkazildi. Darvoqe, o'tgan haftada bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” – “Atletik Bilbao” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Qo'shimcha bo'limlarga ulanib ketgan uchrashuv bilbaoliklarning g'alabasi bilan yakuniga etdi. 

Xo'sh, bizni oldinda qanday bahslar kutib turibdi? 19-turda o'tkaziladigan 8 ta bahsdan 4 tasining anonsini etiboringizga havola etamiz. 


Jadval o'rtasidagi jamoalar bahsi: “Kadis” – “Levante”

Ushbu tur oldidan “Kadis” 9-o'rinni band etib turgan bo'lsa, undan 2 o'rin va shuncha ochko pastda “Levante” joy olgan. Har ikkisi ham 18-turda g'alaba qozonishgan, o'z maydonlarida. Mazkur uchrashuvdagi 3 ochko esa ulardan pastda turgan jamoalarni o'ziga yaqinlashtirmaslikka, yuqoridagi jamoadan esa o'zib ketishga imkon yaratadi. Ochko yo'qotishga haqqi yo'q ikkisining ham. Qanday natija qayd etilishini esa 19 yanvar kuni soat 23:00 da start oladigan o'yinda bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 28 bahsning 11 tasida “Levante”, 9 tasida “Kadis” g'alaba qozongan. 8 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xose Mari, Augusto Fernandes, Markos Lopes (“Kadis”). Serxio Postigo, Oskar Duarte, SHeyk Dukure, Enis Bardi, Rober Per (“Levante”).


16-o'rindagi “Alaves” 6-o'rindagi “Sevilya”ga qarshi

“Alaves”dan farqli o'laroq sevilyaliklarning ishlari joyida. Garchi jamoa 6-o'rinda bo'lishiga qaramasdan sekin-sekin o'z o'yinini topib olmoqda. Xususan, o'tgan turda bir necha turlar avval jadvalda etakchilik qilayotgan “Real Sosedad”ni mag'lub etdi. Garchi “kuchli to'rtlik”ka kira olmayotgan bo'lsa-da, o'yinlarning soni va ochkolar hisobi etibori bilan bemalol kirishi mumkin. “Alaves” ochko yo'qotishda davom etaversa yaqin orada o'z o'rnida qolishi uyoqda tursin, balki xavfli zonaga ham tushib ketish ehtimoli mavjud. Qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuv 19 yanvardan 20 yanvarga o'tar kechasi 01:30 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Ushbu o'yin La Liga doirasidagi 21-uchrashuv bo'lar ekan. Bu kungacha bo'lib o'tgan 20 o'yinning 6 tasida “Alaves”, 9 tasida “Sevilya” g'alaba qozongan. 5 bahsda tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Rodrigo Eli (“Alaves”). Serxio Eskudero, Karlos Fernandes, Tomash Vatslik (“Sevilya”).


Evrokubok bahslariga yo'llanma beruvchi o'rinlar uchun intilayotgan “Vilyarreal” “Granada”ga qarshi

18-turda “Vilyarreal” “Selta”ni 0:4 hisobida mag'lub etdi. “Granada” esa o'z uyida “Barselona”ga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. “Vilyarreal” 32 ochko bilan 4-o'rinda joylashgan bo'lsa, “Granada” hisobida 27 ochko mavjud bo'lib 7-o'rinni band etgan. Boshqa izoh yoki statistika ortiqcha. Kim favorit yoki kimning imkoniyati yuqoriligini bilishingiz mumkin. Ammo, bu futbol va oldindan nima bo'lishini bilib bo'lmaydi. Ushbu o'yin 20 yanvardan 21 yanvarga o'tar kechasi 01:30 start oladi.

O'zaro o'yinlar: 14 o'yinning 7 tasida “Vilyarreal”, 2 tasida “Granada”ning qo'li baland kelgan. 5 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pako Alkaser, Alberto Moreno, Mario Gaspar, Visente Iborra (“Vilyarreal”). Neyder Losano, Viktor Dias, Kini (“Granada”).


Peshqadam “Atletiko Madrid” 15-pog'onadagi “Eybar” mehmoni bo'ladi

Madridliklar o'z taqibchilaridan shu darajada oldinlab ketganki, 18-turda noqulay ob-havo bo'lganligi sabab o'z o'yinini o'tkazmagan bo'lsa ham, 2-o'rindagi “Real Madrid”dan 4  ochko oldinda. Albatta bunga raqiblarning o'zi ham sababchi desa bo'ladi. “Eybar”da ahvol yaxshi emas. 19-tur oldidan 19 ochko bilan 15-o'rinda jamoa. O'z uyida peshqadam bo'lib turgan klubga qarshi qanday o'yin ko'rsatishini 21 yanvardan 22 yanvarga o'tar kechasi 01:30 da ko'ramiz. 

O'zaro o'yinlar: Ispaniya chempionati doirasidagi 12 o'yinning 9 tasida “Atletiko”, atigi 1 tasida “Eybar” g'alaba qozongan. 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pedro Bigas, Pedro Leon, Roberto Korrea, Xose Anxel, Brian Xil (“Eybar”). Ektor Erera (“Atletiko Madrid”).


Mazkur turda shuningdek quyidagi uchrashuvlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan:

19.01  23:00  (Toshkent vaqti)  “Valyadolid” – “Elche”

20.01  23:00  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Ueska”

20.01  01:00  (Toshkent vaqti)  “Betis” – “Selta”

21.01  23:00  (Toshkent vaqti)  “Valensiya” – “Osasuna”


Birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvlarini tomosha qiling! 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика