KXDR ayollar (U-16) terma jamoasi Osiyo chempioni
16 noy 2015 10:20
Yangiliklar


KXDR ayollar (U-16) terma jamoasi Osiyo chempioni
Xitoyning Uxan shahrida futbol bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan ayollar terma jamoalari ishtirokidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Qitamizning 8ta kuchli terma jamoasi o'rtasida o'tgan qita chempionatida KXDR terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.
SHimoliy koreyalik futbolchilar hal qiluvchi final uchrashuvida Yaponiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Yagona gol 41-daqiqada Ri Xae Yon tomonidan kiritildi. Osiyo chempiognatining bronza medali uchun kechgan bahsda esa mezbonlar – Xitoy terma jamoasidan Tailanddan ustun keldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham ilk marotaba ishtirok etib, yakunda kuchli oltilikdan joy oldi. Bahrom Norsafarov shogirdlari 2ta mag'lubiyat va bitta g'alaba bilan uchinchi o'rinni egalashgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar