So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

Kvalyarella, "Atalanta" va Mixaylovich qo'l ostidagi "Bolonya" yoxud A Seriya 2018/19 nimalari bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Kvalyarella, "Atalanta" va Mixaylovich qo'l ostidagi "Bolonya" yoxud A Seriya 2018/19 nimalari bilan yodda qoldi?

SHu bilan birga, Ronalduning Italiyadagi debyut mavsumi, aqlbovar qilmas "Empoli" hamda boshqa unutilmas voqealar haqida.

Ronaldu Italiyada

Krishtianu Ronalduning Madriddan Turinga ko'chib o'tishi nafaqat A Seriya tarixida eng qimmat transferga qo'l urgan "Yuventus" uchun, balki butun chempionat uchun oldinga tashlangan qadam bo'lishi kutilgandi. Mutaxassislarning tahminicha, beshkarra "Oltin to'p" sohibining mamlakat chempionatiga kelishi, musobaqadagi kurashga bo'lgan etiborning kuchayishi, stadionlarga muxlislar tashrifi keskin oshishi va qolgan jamoalar uchun ham o'ziga xos yangi motivaciya vazifasini bajarishi kerak edi. Amalda esa barchasi u qadar oson bo'lib chiqmadi.


"Ronaldu CHempionlar Ligasida zafar quchish uchun keldi" degan so'zlar deyarli butun mavsum yangrab o'tdi. Lekin turinliklar "Ayaks"ga imkoniyatni boy berib, chorak finalda to'xtashdi. Krishtianusiz jamoa avvalgi mavsumlarda finalga etib borgandi deyishga shoshilmang, portugaliyalik bo'lmaganida "Yuve" musobaqani bundanda avvalroq tark etardi – SR7 1/8 finalida bir o'zi "Atletiko"ni taslim qildi. SHunday bo'lsa-da, xalqaro arenada zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri jamoani kutilgan natijalarga etaklay olmadi.

CHempionat doirasida ham keskin bir nima o'zgarganicha yo'q. Soddaroq qilib aytganda, Ronaldu Gonsalo Iguainni o'rnini egalladi xolos. U "Yuventus"ning to'purari bo'ldi, lekin chempionatning kuchli uchligiga ham kira olmadi. 21 gol – so'nggi uch mavsumni inobatga oladigan bo'lsak, turinliklar to'purari uchun eng yomon natija. SHuningdek, Ronalduning o'zi ham MYUda to'p tepgan davrlaridan buyon bunchalik kam gol urmagan ekan. Ispaniya u har mavsum muntazam 25tadan ko'p gol urib kelgan, to'qqiz mavsumning oltitasida esa 30dan ortiq gol urishga erishgan.

21 aniq zarba va 8 assist – Krish "Yuventus"ning chempionatdagi 70 golining deyarli yarmida ishtirok etdi. "Zambarak" bu bilan uning transferi nafaqat imij yo'lida bo'lgani, balki u hamon ajoyib sport formasida ekanini isbotlay oldi. 

"Yuventus"ning ajoyib starti

"Yuventus" birinchi turdayoq "Kevo" bilan o'yindagi o'ta qiyin g'alabasi bilan (3:2) ko'pchilikni qo'rqitib qo'ygandi, lekin... Ikkinchi marta "Keksa Sinora" bittadan ko'p golni oradan to'rt oy o'tib, "Atalanta" bilan o'yinda (2:2) 26 dekabr kuni qayd etdi. Aynan shu kuni turinliklar ikkinchi bor chempionatda ochko yo'qotishdi – birinchi davra yakunlanayotgan bir pallada.

Massimiliano Allegri shogirdlarining g'alabali seriyasi to'qqiz o'yinga etdi. "Yuve" "Jenoa" bilan o'yinda xotirjamlikka berilib (1:1), keyin yana sakkiz o'yinda zafar quchdi. "Atalanta" bilan durangdan so'ng, to'qqiz o'yindan 8tasida uch ochkoni qo'lga kiritdi va "Parma" (3:3) bilan ochkolarni bo'lib oldi. Birinchi mag'lubiyat 17 mart kuni qayd etildi – "Jenoa" bilan safardagi o'yin chempionning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Birinchi davradagi 53 ochko – A Seriya rekordi hisoblanadi. Bunday kuchli start kalcho tarixida bo'lmagan. "Yuve" 2013/14-yilgi mavsum grafigini ortda qoldirib ketayotgandi. O'sha yili jamoaga Antonio Konte murabbiylik qilgan, klub esa 102 ochko to'plagan. Lekin chempionlik rasmiylashtirilishi bilanoq bu statistika jamoa uchun qiziq bo'lmay qoldi.

33-turda "Fiorentina" ustidan qozonilgan g'alaba "Yuve"ni qatorasiga sakkizinchi bor mamlakat chempioni qildi. Lekin chempionatni yuqori notada yakunlab qo'yish uchun futbolchilarda ishtiyoq etishmadi – oxirgi besh o'yinda chempionlar uch ochko jamg'ardilar. Mavsumning oxirgi o'yinida safarda "Sampdoriya"ga imkoniyat boy berildi 0:2. SHu tariqa Allegrining Turindagi besh yillik sarguzashti ham yakun topdi. SHu holida ham "Yuventus" finishda "Napoli" bilan farqi 11 ochkoni tashkil qildi. "Byankoneri"ga munosib qarshilik ko'rsata olmadi.

Atalanta!

Jan Pero Gasperini 2016 yil kuzida "Atalanta"dan bo'shatib yuborilishi mumkin edi. Bergamo klubi murabbiyning ilk mavsumida juda yomon start olishdi va besh o'yinda to'rt bor mag'lub bo'lishdi. Hal qiluvchi palla "Napoli"ga qarshi uchrashuvga to'g'ri keldi. Gasperini asosiy tarkibda yosh Roberto Galyardini va Mattia Kaldarani maydonga tushirib prezidentni karaxt axvolga solib qo'ydi, uchrashuv 1:0 hisobida "Atalanta" foydasiga yakunlandi. SHundan so'ng, bu jamoani deyarli to'xtatib bo'lmadi.

"Atalanta" 72 ochko bilan to'rtinchi pog'onani egalladi, lekin to'rtinchi o'rin hali CHempionlar Ligasi yo'llanmasini bermasdi. Keyingi mavsum natija biroz yomonlashdi va jamoa ettinchi o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi. Biroq xalqaro arenada o'zlarini ko'rsatishdi va ancha shov-shuvga sababchi bo'lishdi. Ikki o'yin hisobiga ko'ra, "Everton"ni 8:1 hisobida yutish hammaga ham nasib qilavermaydi. Dortmundning "Borussiya"si bilan oxirigacha kurashdilar. 2018/19-yilgi mavsumini Evropa Ligasining guruh bosqichidan boshlashdi, ammo chempionatning dastlabki sakkiz turida bor yo'g'i bir g'alaba. Gasperini qovoqlarini uygancha jamoa elitada jon saqlash uchun kurashishini aytardi. Muxlislar esa hech nimaga qaramay, jamoani olqishlardilar.

Barchasi 23 yildan beri ilk marta mamlakat Kubogi finaliga etib borish (chorak finalda "Yuventus" 3:0 hisobida taslim qilingan) va chempionatdagi uchinchi o'rin bilan yakunlandi. CHempionat doirasida bergamoliklar "Inter" (4:1), "Napoli" (2:1) va "Lacio" (1:0, 3:1)ni mag'lub etishdi. 111 yillik tarixga ega "Atalanta" birinchi marta bu qadar yuqori o'rinlarga eta oldi, SHu bilan birga, "Atalanta" A Seriyaning eng sermahsul hujumiga ega bo'ldi – 77ta gol!

Etibor bersak, tarkibdagi barcha futbolchi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdi: Yosip Ilichichdan Xans Xateburgacha, Janluki Manchinidan sardor Papu Gomesgacha, Martin de Rondan tortib Duvan Sapatagacha. Gasperini hech kim ishonmagan ishni amalga oshira oldi va kuni-kecha "Roma" taklifini rad etib, "Atalanta" bilan shartnomani uzaytirish niyatida muxlislarning yanada ko'proq muhabbatiga sazovor bo'ldi.

Kutilmagan to'purarlar

CHempionat avvalida to'purarlar poygasini Ronaldu yutishiga deyarli hech kim shubha qilmayotgandi. Unga Mauro Ikardi, Gonsalo Iguain, CHiro Immobile va Edin Jeko raqobat qilishga urinib ko'rar deyilgandi. Yakunda ularning hech biri kuchli uchlikka ham kira olmadi. Lekin 36-yoshli italiyalik, kolumbiyalik va hali yosh bola deyilgan polshalik hujumchi kirishdi. Fabio Kvalyarellaning uzoq yillik faoliyatidagi eng yaxshi mavsum 19ta gol bilan qayd etilgandi. 2018/19-yilgi mavsumda u o'z rekordini mart oyi boshiga keliboq takrorladi. 28 oktyabrdan 26 yanvargacha faxriy o'yinchi har bir o'yinda gol urdi – ketma-ket 11 tur. Gabriel Batistutani ortda qoldirish uchun bitta gol etishmadi, lekin Kvalyarella bu bilan to'xtash niyatida emas.


Fabio A Seriya tarixidagi eng yoshi ulug' to'purar bo'ldi. U milliy terma jamoaga qaytdi va u erda ham gol urishga erishdi (Evro-2020 saralash doirasida Lixtenshteyn darvozasiga). Endi Kvalyarella "Napoli"ga qaytishi kutilmoqda va bu amalga oshsa, Italiya futboli tarixidagi eng "romantik" transfer bo'lardi. Xabaringiz bo'lsa kerak, o'z vaqtida hujumchi taqib tufayli bolalikdagi orzusi "Napoli"ni tashlab ketishga majbur bo'lgan.

CHempionat avvalida Luka Toni "Atalanta"ning yangi futbolchisi Duvan Sapataga etibor berishni, Gasperini qo'l ostida hujumchi o'zini ko'rsatishini takidlagandi. Dekabr oyiga kelib afsonaviy snayper haqligi o'z isbotini topdi – kolumbiyalik bir oyda to'qqizta gol urdi va Gunnar Nordalning rekordini deyarli takrorladi (10). Mavsumni esa 23ta gol bilan yakunladi – bu Duvanning faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkich. Sapata kamtarlik bilan Gasperini qo'l ostida, Ilichich va Gomes yonida to'p tepib bombardir bo'lish qiyin emasligini takidlab o'tdi.

"Jenoa" prezidenti Enriko Precozi faqatgina videolarda Kshishtof Pyontek o'yinini ko'rib, transferni kelishishga muvaffaq bo'lgandi. "Krakoviya" to'rt million evro ishlab oldi, Grifonlar esa – birinchi davradayoq jamoa elitada jon saqlab qolishi uchun etarli ochko to'plashiga zamin yaratgan hujumchini qo'lga kiritdi. Yarim yilda polshalik yigitcha 13ta gol urdi (ularning beshtasi dastlabki to'rt turda. SHu tariqa, u Andrey SHevchenko rekordini takrorladi) va "Jenoa"ga besh g'alaba keltirdi. Qishda uni "Milan"ga 35 million evroga sotib yuborishdi va Kshishtofsiz Grifonlar bor yo'g'i uch bor g'alaba qozonishdi. "Milan"da Pyontek u qadar yorqin o'yin ko'rsatolmagandir (9 gol), lekin jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lishga erishdi. Ilk mavsumdagi 22 gol – SHevchenko davridan buyon A Seriyadagi eng sermahsul debyut.

Anchelottining qaytishi

2017/18-yilgi mavsumda Mauricio Sarri qo'l ostida "Napoli" ilojsiz marraga deyarli etgandi. Neapolliklar mavsumning oxirgi turlarida Turinda g'alabani qo'lga kiritdilar va "Yuventus"ga deyarli etib olishdi. Asablar dosh bermadi va yakunda to'rt ochkoga qolib ketishdi. Ammo bu yaqin yillardagi chempionlik uchun eng qizg'in kechgan bahs edi. Nafaqat oxirida, balki butun chempionat davomida Neapol Turinni taqib qilib keldi. Lekin prezident Aurelio De Laurentisga bu kamdek ko'rindi – Sarrining o'rnini Karlo Anchelotti egalladi.

Karlo otadan tabiiyki "Yuve" bilan raqobat va xalqaro maydondagi g'alabalarni kutishgandi. Lekin noyabr oyi oxiriga kelib "Napoli" "Yuventus"dan sakkiz ochkoga qolib ketdi – A Seriya tarixida 13 turdan so'ng, etakchi va ikkinchi o'rindagi jamoa o'rtasidagi tafovut bunchalik bo'lmagandi. "Napoli" ECHLda guruh bosqichida qolib ketdi, Evropa Ligasi chorak finalida "Arsenal"ga imkoniyat boy berildi va Italiya Kubogidan ham 1/4 finaldayoq chiqib ketdi. CHempionatda jamoa 79 ochko to'pladi –  Sarrining oxirgi mavsumidan 12 ochkoga kam. 

Anchelotti ilk mavsumda "Napoli"ga ko'p narsa bera olmadi. Lekin De Laurentis hotirjam va bu o'tish davri bo'lganini takidlamoqda. Karlo Anchelottini jamoaga olib kelish xato bo'lmasligi mumkin, lekin oldinga tashlangan qadam ham sezilmayapti.

Yoshlar ham jim turmadi

Federiko Keza va Nikolo Barella yoshiga qaramay, faxriy futbolchiga aylanib bo'lishdi – yoshda "Fiorentina" va "Kalyari" yarim himoyachilari boshqa top klubga ko'chib o'tishsa kerak. Yangi yulduzlar kutilmaganda aynan grandlardan chiqib qoldi. Hech kimga sir emas, odatda katta klublarda yosh futbolchilarga u qadar ko'p imkon berilmaydi. Nikolo Zanolo Radja Nainggolanning "Inter"ga transferining bir qismi bo'lib xizmat qilgandi va mavsumni qaerdadir ijarada o'tkazishi kerak edi. Lekin Kevin Strotman ham jamoani tark etgandan so'ng, Eusebio Di Franchesko 19 yoshli yarim himoyachini olib qolishga qaror qildi.

Sentyabr oyida u CHempionlar Ligasida debyut qildi va shundan keyingina A Seriyada maydonga tushdi. Dekabr oyida chempionatdagi birinchi golini urdi, fevralda ECHL doirasida dubl qayd etgan eng yosh italiyalikka aylandi. Mart oyida milliy terma safida maydonga tushdi. Mavsumni 33 uchraushv va 6 gol bilan yakunladi. Endi uning transfer narxi juda qimmat va "Yuventus"ning etiborini tortgan.


"Yuve"da ikkinchi davrada yana bir yunior o'zini ko'rsatdi. Moyze Kin haqida avvalroqdan bilardik. U 16 yoshida "Yuve" safida debyut o'yinini o'tkazgan, keyin butun mavsum Veronada ijarada bo'lgan. Lekin chempionatning birinchi yarmida Allegri hujumchiga ortiqcha etibor qaratmadi va uning 2019 yil birdaniga katta sahnaga chiqishi ikki barobar kutilmagan hol bo'ldi. 

Moyze jami 536 daqiqa maydonda harakat qildi va chempionatda 6ta gol urdi – jamoada faqat Ronaldu (21) va Mandjukich (9) undan ko'proq gol ura olishdi. Roberto Manchini 19 yoshli iqtidor sohibini termaga taklif qildi va Kin ikki rasmiy o'yinda 2ta gol urdi. 

Mauro Ikardi mojarosi

2018 yil "Inter" so'nggi pallada to'rtlikka ilinib qoldi va CHempionlar Ligasi startidan avval rahbariyat transfer bozorida katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdi: Stefan De Vrey, Radja Nainggolan, Balde Keyta, SHime Vrsalko, Kvadvo Asamoa, Matteo Politano, Lautaro Martines – bir qarashda "neradzurri" ham ECHLga, ham "Yuventus" bilan kurashga tayyordek edi. Lekin asosiy kuch jamoa etakchisi – agar Mauro Ikardi yaxshi formada bo'lganida, u holda hech qanday muammo bo'lmas edi.


Dekabr o'rtalariga qadar hammasi rejadagidek ketayotgandi. Ikardi chempionatda ham (9), ECHLda ham gol urayotgandi (4). Lekin "Inter" guruhdan chiqa olmadi, chempionatda esa Mauroning golsiz seriyasi boshlanib ketdi. U A Seriya ettita turida raqiblar darvozasini ishg'ol qila olmadi. Evropa Ligasi pley-offi boshlanay deb turganda esa janjal boshlandi – argentinalikdan sardorlik bog'ichi olib qo'yildi.

Ikardi xafa bo'ldi va jarohatini bahona qilib, maydonga tushmay qo'ydi. Bu orada "Inter" "Ayntraxt"dan mag'lub bo'lib Evropa Ligasini tark etdi, chempionat uchinchi o'rin, keyin yana to'rtinchi o'rin uchun kurashishga to'g'ri keldi. Mauro aprelda qaytdi, lekin to'qqiz o'yinda ikkitagina gol urdi. Oxirgi turda penaltidan gol ura olmadi va jamoasiga pand berib qo'yay dedi. Muxlislar futbolchidan noroziliklarini yashirib o'tirishmadi. 11 gol – Ikardining "Inter"da besh yildagi eng yomon mavsumi.

Mauroning transfer narxi tushib ketdi va yangi mavsum biz uni "Inter"da ko'ramizmi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Jaomaga Antonio Konte kelishi va murabbiy Romelu Lukakuni sotib olishni istayotganini inobatga olsak, kim biladi deysiz, balki Ikardi "Inter" libosida boshqa maydonga tushmasligi ham mumkin.

Mixaylovich bilan qayta "tirilgan" "Bolonya"

Birinchi davradan so'ng, "Bolonya" 13 ochko, 10ta urilgan va 15ta o'tkazib yuborilgan gol bilan 18-pog'onani egallab turgandi. Ikkinchi davra natijasi – 31 ochko, to'qqiz g'alaba, 38ta urilgan va 41 o'tkazib yuborilgan gollar. "Biz Italiya futboli tarixiga kirdik. CHempionatni tark etay deb turgan biror bir jamoa yakunda o'ninchi o'rinni egallaganini eslay olmayman", – deydi Sinisha Mixaylovich.

Mixaylovich fevral oyi boshida Filippo Indzagini almashtirdi. Va uning qo'l ostidagi dastlabki o'yinda "Bolonya" "Inter"ni mag'lub etdi (1:0) va bir yildan buyon ilk marta safarda zafar quchdi. Keyin to'rtta turda jamoaning ishlari yurishmadi, lekin bahorga chiqib ularni tanib bo'lmay qoldi. Oxirgi 12 turda ular 8 g'laba, 2 durang va 2 mag'lubiyat qayd etishdi – maksimal 36 ochkodan 26 ochko. Mavsumning shu qismini faqatgina "Atalanta" yaxshiroq o'tkazdi - 28 ochko.

"Fiorentina"ning omadsizligi

O'sha 12 turda "Fiorentina" 5 ochko jamg'ardi, tabiiyki biror marta g'alaba qozona olmadi. Birinchi davrada Evropaga yo'llanma uchun kurashish niyatidagi, Kubokda "Roma"ni 7:1 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqqan jamoa ayanchli axvolga tushib qoldi va sal qolsa, A Seriyani tark etishi mumkin edi. Aprel oyi boshida g'alabasiz o'tgan sakkiz turdan so'ng (olti durang, ikki mag'lubiyat) rahbariyat Stefano Poliga chiqish eshiklarini ko'rsatdi va "Fiorentina"ga Vinchenco Montella qaytdi.

Muxlislar rahbariyat norozi bir paytda, muammo esa faqatgina murabbiyda emasligi o'z isbotini topib borardi. Montella qo'l ostida o'tgan sakkiz o'yinda jamoa ikki ochko qo'lga kiritdi, ikki gol urdi va sakkizta to'p o'tkazib yubordi. Oxirgi turda "Fiorentina" jon saqlash o'yinida "Jenoa" bilan duch keldi – jamoalar o'zlarini qiynab o'tirmay, 0:0 hisobidagi durang qayd etishdi va hamma xursand. Ammo barchasini ko'rib, tushunib turgan muxlislar har ikki jamoani "iliq so'zlar" bilan siylashdi.

Endi nima bo'ladi? Klubni amerikalik milliarder Rokko Kommisso sotib olmoqda. Aytishlariga qaraganda, u bosh muraybbiy sifatida Montellani ko'rmayapti ekan.

"Empoli"ning ajoyib hujumi va "ajoyib" himoyasi 

Bir qarashda barchasi adolatli va tahmin qilinganidek. CHempionatni eng ko'p gol o'tkazib yuborgan uch jamoa tark etdi. Kevo – 75, Empoli – 70, Frozinone – 69 ta gol. Lekin ikki "sherigidan" farqli o'laroq "Empoli"ning so'nggi turda ham qutulib qolish imkoniyati bor edi. Jamoa raqiblari darvozasiga 51 bor yo'l topa oldi – "Milan"dan to'rtta gol kam va A Seriyada qolgan "Bolonya", "Fiorentina", SPAL, "Parma", "Jenoa", "Udineze" va "Kalyari"dan ko'proq.

Jamoa birinchi davrani "Bolonya"dan teparoqda yakunlashdi, lekin aytib o'tganimizdek Mixaylovichning kelishi ko'p narsani o'zgartirib yubordi. Jamoa chempionat davomida "Napoli"ni mag'lub etdi va "Atalanta" bilan ajoyib o'yin namoyish qilishdi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi, bosh qaxramon esa jamoa posboni Bartlomey Dragovski bo'ldi. U bir o'yinda 20 ta seyv amalga oshirib, A Seriya rekordini o'rnatdi.

Oxirgi o'yinlarda "Empoli" qatorasiga uchta g'alabaga erishdi: "Fiorentina", "Sampdoriya" va "Torino". "Inter" bilan o'yinda jamoaga durang ham etarli edi, lekin dramatik bellashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Andreadzoli shogirdlari o'yinning asosiy qismini hujumda o'tkazishganini va "Empoli" quyi divizionga tushib ketgan bo'lsada, ayniqsa ikkinchi davrada eng yorqin ishtirokchilardan biri bo'lganini qayd etish lozim.

SHuningdek:

Rim jamoalari chempionatni muvaffaqiyatsiz tarzda yakunladi. "Roma" 6 yil ichida ilk bor oltinchi pog'onani egallab, CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. "Lacio" esa turnirni 8-o'rinni band etgan holda tamomladi va Koppedagi g'alabasi tufayli evrokubokda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Andrea Bardzali, Serdjo Pellisse, Stefano Sorrentino va Emilyano Moretti faoliyatiga nuqta qo'ydi, Daniele De Rossi esa "Roma"dan ketdi – sababi jamoa o'z sardori bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamadi.

"Torino" klub rekordini o'rnatdi – 63 ochko to'pladi. Ammo evrokubokda qatnashish uchun bu etarli emasdi.

"Parma" birinchi davra uchrashuvlarida omadli chiqishlar qilgani tufayli A Seriyadagi o'rnini saqlab qola oldi. "Krestonosclar" birinchi davrada 25 ochko, ikkinchi davra uchrashuvlarida esa atigi 16 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldilar.

"Kevo" 11 yil deganda ilk bor elitadan tushib ketdi. Veronaliklar bor yo'g'i ikki marta g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldilar: "Frozinone" (1:0) va "Lacio" (2:1).

"Frozinone" hujumchisi Daniel CHofani chempionat tarixidagi eng kech golni urdi – "Parma"ga qarshi bahsning 103 daqiqasida.

CHempionatning eng yaxshi assistenti – Papu Gomes, 12ta golli uzatma.

"Inter" posboni Samir Xandanovich eng ko'p quruq o'yin o'tkazdi – 17! U chempionatning eng yaxshi darvozaboni deb etirof etildi. Eng yaxshi himoyachi – Kalidu Kulibali, eng yaxshi yarim himoyachi – Sergey Milinkovich-Savich, eng yaxshi hujumchi – Fabio Kvalyarella, eng yaxshi yosh o'yinchi – Nikolo Dzanolo, mavsumning eng yaxshi futbolchisi esa – Krishtianu Ronaldu. Eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan chempionat jamoasi – "Inter" (har o'yinda o'rtacha — 61444). Eng ko'p tomoshabin kelgan uchrashuv (rekord natija) – 78275, "Inter" – "Milan".

Mana Italiya A Seriyasining 2018/19 yilgi mavsumi ham o'z poyoniga etdi. Endi esa kelgusi mavsumni intizorlik bilan kutamiz. U qanday o'tishi esa — katta jumboq. Xo'sh, siz A Seriyaning yangi mavsumidan nimalarni kutyapsiz?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика