Kvalyarella: "36 yoshdaman, ammo buni his qilmayapman"
27 mar 2019 16:35
Yangiliklar


Kvalyarella: "36 yoshdaman, ammo buni his qilmayapman"
Italiya terma jamoasi hujumchisi Fabio Kvalyarella Evro-2020 saralashida Lixtenshteyn ustidan qozonilgan yirik (6:0) g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldim. Ikkinchi bo'limda meni xet-trikka undagan jamoadoshlarimga rahmat. Ularning barchasi gol urishimga yordam berishdi. Muxlislarga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu qarsaklarni bir umr eslab qolaman. Uzoq vaqt terma jamoada o'ynamadim, shu sababli o'zimni o'zgacha his qilyapman.
36 yoshdaman, ammo buni his qilayotganim yo'q. Hozir jismoniy holatim yaxshi, "Sampdoriya" meni muvozanatda ushlab turibdi. Mavsum davomida meni kuzatib, kaminaga imkon bergan Roberto Manchiniga rahmat" - deydi Kvalyarella.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar