Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g'alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz etarli tajribaga ega emasmiz"
20 apr 10:35
Yangiliklar
Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g'alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz etarli tajribaga ega emasmiz"
Kuvayt bosh murabbiyi Emiliu Peyshi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Turnirning dastlabki o'yinida shogirdlarimda toliqish alomatlari yuzaga kelgandi. Raqib jismonan bizdan kuchliroq tayyorgarlik ko'rgandi. Umid qilamanki, kelgusi o'yinlarda natijamizni yaxshilaymiz. Kuvayt musobaqada etarli tajribaga ega emas, shu bois buni normal holat sifatida qabul qilish kerak. O'zbekiston bilan bir qatorda Malayziya ham kuchli jamoalar sanaladi. Futbolda barcha g'alaba qozonishni xohlaydi. Bunday o'yinlar orqali tajriba orttirishni maqsad qilganmiz. Guruh bosqichi yakuniga qadar bor kuchimizni ishga solishga harakat qialmiz", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "D" guruhi 2-turidan o'rin olgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Fikrlar