So’nggi yangiliklar

08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  4 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  3 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0

Kutib oling, Superliganing yil ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Kutib oling, Superliganing yil ramziy terma jamoasi

O'zbekiston Superligasida navbatdagi mavsum ham o'z yakuniga etdi.

Bu yil hammamiz uchun og'ir va sinovli keldi. COVID-19 pademiyasi tufayli o'zbek futboli ham ancha jabr chekdi. Lekin shunga qaramay, PFL Superligani tugata oldi. Albatta, ichki chempionati butunlay to'xtatilgan ayrim davlatlarga nisbatan bizdagi qiyin sharoitda ham amalga oshirilgan ishlarni tahsinga loyiq desak bo'ladi.

2020 yil tugab borayotgan bir paytda Championat.asia o'z ananasiga sodiq qolib Superligada yilning ramziy terma jamoasini taqdim etadi. Bu yil ham bir nechta futbolchilar o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. SHu bois 11talik ro'yxatni tuzish oson bo'lmadi. O'ziga yarasha bahsli tortishuvlar ham bo'ldi. Yakunda esa saytimiz xodimlari bir yoqadan bosh chiqarib, 11 nafar futbolchidan iborat Superliga-2020 ramziy termasini tuzdik.

Superliga-2020. Mavsumning yakuniy statistikasi


Darvozabon - Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Superligadagi statiskasi: 17 o'yin, 1465 daqiqa, 10ta gol o'tkazdi. 12ta quruq o'yin, 1ta penalti qaytardi. 

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov bu yilni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Nasaf"ni o'z paytida Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov kabi posbonlar tark etgan bo'lishiga qaramay, klub darvozabondan qiynalib qolmadi. Bu yil esa Abduvohid yarq etib porladi. U bir nechta o'yinlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi, shuningdek "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsda Murod Xolmuhammedovning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Nematov O'zbekiston milliy terma jamoasida ham o'ynashga muvaffaq bo'ldi.


O'ng qanot himoyachisi - Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912")

Superligadagi statistikasi: 23 o'yin, 1918 daqiqa, 12ta gol, 3ta golli pas.

"Qo'qon-1912"ning bu mavsum 5-o'rinni qo'lga kiritishida jamoadagi ko'pchilik qatori Murod Xolmuhammedovning ham hissasi katta bo'ldi. Murod jamoa sardori sifatida barchaga o'rnak bo'la oldi. U 12ta gol urib bu borada ayrim hujumchilarga nisbatan yaxshiroq natija qayd etdi. SHuningdek, uzoq tanaffusdan keyin yana terma jamoaga qaytdi. SHu bois Xolmuhammedovni ramziy terma jamoa o'ng qanot himoyasiga qo'ydik.


Markaziy himoyachi - Husniddin Aliqulov ("Nasaf")

Superligadagi statistikasi: 23 o'yin, 1846 daqiqa.

Husniddin Aliqulov ham klubdagi yaxshi harakatlari orqali milliy terma jamoa bosh murabbiyi etiborini qozondi. Maydonda ancha tartibli harakat qiluvchi Husniddin bu mavsum 23 bellashuvda maydonga tushdi. U "Nasaf"ning kumush medallarga ega chiqishida qo'ldan kelgancha harakat qildi. Uni ko'pchilik terma jamoamizning kelajagi deya etirof etmoqda. Aliqulov ramziy termaning markaziy himoyasidan o'rin egalladi.


Markaziy himoyachi - Egor Krimec ("Paxtakor")

Superligadagi statistikasi: 21 o'yin, 1640 daqiqa, 2ta golli pas. 

"Paxtakor" futbolchisi Egor Krimec mavsumni bir tekis o'tkaza oldi. Garchi bu yil gol urmagan bo'lsa-da, muhimi o'z ishini yaxshi bajardi. Superliganing 21ta o'yinida maydonga tushgan Krimec doim astoydil harakat qildi va jamoasining chempion bo'lishida munosib hissa qo'shdi.


CHap qanot himoyachisi - Murodjon Toshmatov (AGMK)

Superligadagi ko'rsatkichi: 21 o'yin, 1725 daqiqa, 1 gol, 6ta golli pas. 

AGMK bu yil o'z tarixida ilk bor uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bu o'rinda klub katta masshtabda ishni amalga oshirdi desa bo'ladi. Jamoa safida chap qanot himoyachisi Murodjon Toshmatov ham ajralib turdi. 21 o'yinda harakat qilgan futbolchi 1ta gol urib, 6 bor golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. Murodjon chap qanot himoyasidan joy oldi.


Markaziy yarim himoyachi - Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor")

Superligadagi statistikasi: 21 o'yin, 1746 daqiqa, 4ta golli pas. 

Ramziy terma jamoaning markaziy yarim himoyasidan ikki nafar futbolchi o'rin egallagan bo'lsa, shundan biri "Paxtakor" vakili Odiljon Hamrobekov bo'ldi. Hamrobekov uchun bu mavsum bir tekis o'tdi desa bo'ladi. U har bir o'yinda bir necha bor raqiblardan ustamonlik bilan to'pni olib qo'yishga hamda jamoasining hujumlarini boshlashga muvaffaq bo'ldi. 21 o'yinda harakat qilgan Hamrobekov markaziy yarim himoyadan o'rin egalladi.


Markaziy yarim himoyachi - Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor")

Superligadagi statistikasi: 25 o'yin, 2109 daqiqa, 11ta gol, 4ta golli pas. 

"Bunyodkor" kuchli uchlikka kira olmadi, bunga esa bir qator masalalarni sabab qilib ko'rsatish mumkin. Lekin jamoa safida bir nechta futbolchilar porladi deb ayta olamiz. Jamoa safida bir tekis va yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilardan biri Nurillo To'xtasinov bo'ldi. 25 o'yinda maydonga tushgan Nurillo 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, shuningdek 4ta golli pas amalga oshirdi.


O'ng qanot yarim himoyachisi - Oybek Bozorov ("Nasaf")

Superligadagi statistikasi: 24 o'yin, 1897 daqiqa, 5 gol, 6ta golli pas. 

Oybek Bozorov hech shubhasiz bu yil "Nasaf" safidagi eng yaxshi ikki futbolchidan biri bo'ldi. U maydonga tushgan har bir o'yinda o'zini ko'rsata oldi. 24ta bahsda harakat qilgan mohir yarim himoyachi 5 bor raqiblar darvozasiga to'p kiritib, 6ta golli pas berdi. Oybek o'z mehnatlari evaziga milliy terma jamoadan ham chaqiruv oldi.


CHap qanot yarim himoyachisi - Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

Superligadagi ko'rsatkichi: 23 o'yin, 1940 daqiqa, 6 gol, 14ta golli pas.

Ramziy terma jamoa chap qanot yarim himoyasidan hech shubhasiz Jaloliddin Masharipov o'rin egalladi. "Paxtakor" etakchisi ham ushbu mavsumni bir notada o'tkaza oldi. Masharipov Superliganing 23ta bahsida maydonga tushib, 6 bor gol muallifi bo'ldi. Lekin 14ta golli pas amalga oshirib Superligadagi eng yaxshi natijani qayd etdi.


Hujumchi orti - Dragan CHeran ("Paxtakor")

Superligadagi ko'rsatkichi: 26 o'yin, 2072 daqiqa, 21 gol, 8ta golli pas.

CHempionatimizda yaxshi saviyadagi legionerlar sanoqli. Lekin xorijliklar orasida yaqqol ajralib turadigan deb bemalol Dragan CHeranni aytsa bo'ladi. Albatta, CHerandek futbolchini o'z jamoasida ko'rishni har bir murabbiy xohlaydi. Serbiyalik to'purar mana bir necha mavsumdirki bir tekis o'yin ko'rsatib kelmoqda va haqli ravishda yil ramziy termasidan o'rin oldi.


Hujumchi - Bobir Abduxoliqov ("Nasaf")

Superligadagi ko'rsatkichi: 25 o'yin, 1920 daqiqa, 17ta gol.

Bu yilgi to'purarlar poygasida ham kurash ancha qizg'in kechdi. Dragan CHeran 21 gol bilan peshqadamlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Nasaf" hujumchisi Bobir Abduxoliqov 17 gol bilan ikkinchi bo'ldi va bu borada Igor Sergeevni bitta golga ortda qoldirdi. Abduxoliqov ham jamoasining ikkinchi bo'lishida munosib hissa qo'shdi. U shuningdek milliy terma jamoaga ham taklif etildi. SHu bois ramziy terma hujum chizig'iga ushbu futbolchini qo'ydik. 


Superliga-2020 ramziy terma jamoasi


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика