Kurtua tanaffusda nega zaxira olingani malum bo'ldi
02 okt 2019 00:35
Yangiliklar


Kurtua tanaffusda nega zaxira olingani malum bo'ldi
Real posboni Tibo Kurtua ECHLning 2-turi doirasidagi Bryuggega qarshi (2:2) bahsning ilk bo'limidan keyin, tanaffusda almashtirildi.
AS'ning xabar berishicha, Kurtua maydonni bosh aylanishi va qornida og'riq borligi bois tark etgan. Aytish joizki, 2-taym oldidan madridliklar raqiblariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishayotgandi.
Bundan tashqari, Nacho chap oyoq tizza qismidan jarohat olgan sabab zaxiraga olingani malum bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar