Kurtua: "Rossiya terma jamoasi hujumchisi goldan oldin meni biroz turtib yubordi"
22 mar 2019 12:10
Yangiliklar


Kurtua: "Rossiya terma jamoasi hujumchisi goldan oldin meni biroz turtib yubordi"
Belgiya terma jamoasi Tibo Kurtua darvozaboni Rossiyaga qarshi bo'lib o'tgan Evro-2020 uchrashuvida (3:1) o'tkazib yuborgan goli haqida fikr bildirdi.
"G'alaba qozonganimizdan xursandman. Faoliyatimda xatolar ko'p bo'lmagan, shuning uchun bu uchrashuvdagi o'yinimdan ko'nglim to'lmadi.
To'pni har tomonga tepib yubormadim, penalti esa mening pasimdan keyin boshlangan hujum bilan bo'ldi.
Gol o'tkazib yuborganimda, to'pni Alderveyreldga uzatmoqchi edim, ammo u yopiqligini ko'rib, shoshib qoldim, keyin esa rossiyalik hujumchi meni biroz turtib yubordi. Bazida darvozabonlar hayotida shunday bo'lib turadi" - deydi Kurtua.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar