Kurtua bor, Benzema va Kroos yo'q. "Real" "Osasuna" bilan o'yin uchun qaydnomani malum qildi
18 fev 2023 09:31
Yangiliklar


Kurtua bor, Benzema va Kroos yo'q. "Real" "Osasuna" bilan o'yin uchun qaydnomani malum qildi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Osasuna"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
U La Liganing 22-turi doirasida o'tkaziladigan bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilgan.
30 yoshli darvozabon chap oyog'idagi jarohat sabab 2 fevraldan buyon maydonga tusha olmayotgandi.
O'z navbatida Karim Benzema va Toni Kroos "Osasuna" bilan o'yin qaydnomasiga kirmagan.
Eslatib o'tamiz, "Real" 21 fevral kuni ECHL 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar