Kurtua "Barselona"ga qarshi o'yindagi 0:4 hisobini esladi
01 apr 2022 08:34
Yangiliklar
Kurtua "Barselona"ga qarshi o'yindagi 0:4 hisobini esladi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona"ga uchralgan 0:4 g'isobidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
"PSJ bilan o'yinda stadion qozon kabi qaynagandi. Birinchi golimizdan keyin arena aqldan ozdi va bizni g'alabaga chorladi. Bunday o'yinlar doim yodda qoladi.
"Barsa" bilan esa biz medalning orqa tomonini ham ko'rdik. Yaxshi o'ynay olmadik. Ammo odamlar oxirigacha qolib, bizni qo'llab-quvvatlashdi. Biz faqat rahmat aytib, uzr so'ray oldik.
Ammo g'alabaga uch ochko beriladi va bunday ochkolarni "Selta"ga qarshi o'yinda ham olishimiz mumkin. Biz haliyam turnir etakchisimiz va 9 ochkolik farqimiz bor. O'zimizga ishonamiz. "Barsa" bilan o'yin yo'limizdagi chuqurlik edi. Mavsumni doim ham ideal o'tkaza olmaysiz. Bazida uch marta durang o'ynagandan ko'ra, bir marta yutqazib, uch ochko yo'qotgan yaxshi", - dedi "Real" darvozaboni.
Fikrlar