So’nggi yangiliklar

19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  0 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  1 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  1 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  1 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  4 16:35Роналду: "Манчестер Юнайтед" мураббийи бундай демаслиги керак"  9 15:52ЖЧ-2026 саралаши. Осиёда фақат Ўзбекистон, Эрон ва Япония йўқотишларсиз кетмоқда, гуруҳлардаги ҳолат  15 15:125 та гол ва иродали ғалаба. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон баҳсидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 14:45Сречко Катанец: "Биз тўлиқ маҳоратимизни намойиш этмай туриб, уч очкони қўлга киритдик. Рақиб дарвозабони ўз жамоасини учта голдан сақлаб қолди"  18 14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  3 13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  5 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  3 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  3

Kurash avjida: A Seriya 21-tur yakunlari Yangiliklar

Kurash avjida: A Seriya 21-tur yakunlari

5-7 fevral kunlari Italiya chempionatining navbatdagi turi bo'lib o'tdi.

"Yuventus" bu safar "Roma"ni taslim etdi

So'nggi paytlarda "Yuventus" o'yini chindan ijobiy tomonga o'zgardi va buni oddiy muxlislar ham sezib ulgurdi. "Roma"ga qarshi o'yinni ham turinliklar ancha faol boshlashdi va tezkor gol urishga erishishdi. Morata to'pni Ronalduga etkazdi, portugaliyalik esa uzatma amalga oshiradigan vaziyatdan zargarona zarba bilan Lopesni dog'da qoldirdi. "Roma" tashabbusni qo'lga olishga intildi, ammo "Yuventus" bunga xavfli qarshi hujumlari bilan javob berardi, ularning birida Ronalduning to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi. "Roma" esa burchak to'pidan keyin Manchinining zarbasidan keyin hisobni tenglashtirishi mumkin edi, lekin yarim himoyachiga biroz aniqlik etishmadi.

Tanaffusdan keyin vaziyatlar soni biroz kamaydi. Ronaldu faolligi bilan ajralib turardi va goliga assist qo'shib qo'yishi mumkin edi, biroq Morataning zarbasidan keyin to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi. "Roma" gol urdi, lekin o'z darvozasiga. Kulushevskining uzatmasidan keyin Krishtianu to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishga tayyor edi, lekin Ibanez undan "chaqqonroq" chiqdi. SHu vaziyatdan keyin "bo'rilar" bu kecha hech yo'q bir ochko ham ishlay olmasligi oydinlashdi. Umuman otlganda, chinakam golli vaziyatlar ham bo'lmadi. Yana bir bor "Roma" grand raqibga imkonni boy berdi, "Yuventus" esa samarali harakatlari va natija uchun aqlli o'ynay olishi bilan muxlislarini xushnud etdi. "Keksa sinora"ni chempionlik poygasidan chiqarish xato bo'lishini Pirlo shogirdlari isbotlab qo'yishdi, oradagi farq kichik bo'lmasa-da, skudetto uchun kurash davom etadi.


"Inter" kutilganidek "Fiorentina"ni mag'lub etdi

"Inter" etakchidan qolib ketmaslikka harakat qilmoqda va bo'shashish haqida o'ylab ham o'tirmayapti. "Inter" o'yin startidayoq gol urishi mumkin edi, lekin Barellaning zarbasidan keyin Drongovski to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Polshalik posbon birinchi bo'limda ancha ter to'kdi, biroq "Inter"ning qiziqarli kombinaciyasidan keyin u ham jamoasini qutqara olmadi. Mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritishdi va Sanches Barellani to'p bilan taminladi, yosh italiyalik futbolchi aylanma zarbasi bilan kiperga imkon qoldirmadi. "Fiorentina" ham gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo Bonaventuraning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi, ikkinchi urinishni esa Xandanovich bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'limning 10 daqiqasigina o'tgach, "Inter" o'yindagi intrigani so'ndirdi. Sanches to'pni Xakimining yo'liga tashlab berdi, Ashraf esa Perishichga shunday qulay imkoniyat yaratib berdiki, xorvatiyalik davrozani aniq nishonga olsa bo'lgani edi. Prandelli zaxiradan yangi futbolchilarni, jumladan Kokorinni, o'yinga tashladi. Lekin xavfli imkoniyatlar "Inter"da ko'proq bo'ldi. Avvaliga Lukaku Xakimining uzatmasidan keyin, keyin Lautaroda ham imkon bo'lgandi. "Inter" kam kuch sarflab g'alabani qo'lga kiritdi, "Fiorentina" esa yana o'zidan xafa bo'lishi kerak. Agar Drongovski va mehmonlarning noaniq zarbalari bo'lmaganida, hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi. 


"Milan" "Krotone"ni mag'lub etdi, Ibra va Rebichdan dubl

"Inter" g'alaba qozonganidan xabardor bo'lgan "Milan" "akulalar"ga qarshi 3 ochko niyatida maydonga tushdi. SHunday bo'lsa-da, birinchi vaziyat aynan milanliklar darvozasi oldida yuzaga keldi. Di Karmine yaxshi zarba berdi, lekin Donnarumma to'sin ostiga ketayotgan to'pni qaytara oldi. "Milan" bo'lim oxirlariga kelib uyg'ona boshladi va gol ham urdi. Zlatan va Leao devor uslubida raqiblarni dog'da qoldirishdi hamda shveciyalik forvard hisobiga nabvatdagi golni yozdirib qo'ydi. "Krotone" yana hujumga tashlanishga urinib ko'rdi, ammo "Milan" raqibni ortiq o'z darvozasiga yaqinlashtirmadi.

Tanaffusdan keyin esa Pioli shogirdlari chinakamiga o'ynay boshlashdi. Avvaliga Rebichning ajoyib uzatmasidan keyin Leaoda imkon bo'lgandi, lekin golkiper to'pni qaytara oldi. Keyingi hujumda Ernandes birgina uzatma bilan raqib himoyasini "o'yindan chiqardi" va Zlatan mo'ljalda adashmasligi qolgandi. Yana 5 daqiqa o'tgach, "Krotone" to'liq nokaut qilindi. CHalxanoglu burchak zarbasini zo'r amalga oshirdi va Rebich to'pni darvozaga joylab qo'ydi. "Milan" bundan keiyn ham to'xtab qolmadi, Zlatan va Rebichda imoniyatlar bo'ldi. Ammo keiyngi gol CHalxanogluning uzatmasidan keyin tinib-tinchimas Rebich hisobiga yozildi. "Milan" etakchilikni saqlab turibdi, "Krotone" esa... "Akulalar" turnir jadvali dengizining eng tubida suzib yuribdi.


"Napoli" SHomurodovsiz "Jenoa"ga yutqazib qo'ydi

Oxirgi natijalarni inobatga olsak, bu bellashuv "Napoli" va shaxsan Gattuzo uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Amalda esa "Jenoa" ilk daqiqalarda ancha tetik ko'rindi. Badel birgina uzatma bilan raqib himoyasini dog'da qoldirdi va Pandevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Tajribali makedoniyalik forvard pand bermadi. "Napoli" keyingi hujumdayoq hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Maksimovich burchakdan uzatmadan keyin darvoza to'sinini nishonga oldi. "Grifonlar" esa vaziyatlardan foydalanishda samaraliroq harakat qilardi. Pandev Zayc bilan devor uslubida o'ynab, to'pni jarima maydonida qayta qabul qildi va darvoza burchagiga aniq joylab qo'ydi. "Napoli" uchun kutilmagan start bo'ldi. Tanaffusgacha mehmonlar vaziyat yaratishga urinib ko'rdi, ammo "Jenoa" himoyasi raqibnikidan farqli ravishda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymasdi.

Neapol tanaffusdan so'ng tempni chinakamiga oshirdi. Avvaliga Politano Insinening uzatmasidan keyin aylanma zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'yishiga bir bhaya qoldi. Keyingi xavfli vaziyatda "Napoli" sardori Osimxenni qulay nuqtaga chiqarib yubordi, zarba kuchli, ammo noaniq bo'ldi. "Napoli" kuchli bosim uyushtirar, lekin bazan Perin, bazan darvoza ustuniyu-to'sinlari to'p to'rga borib tushishiga halaqit qilardi. O'yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda Politano jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan bitta to'p kiritishni uddaladi va "Napoli" so'nggi daqiqalarda muvozanatni tiklashga erishadigandek edi. Biroq amalda "Jenoa" xotirjam harakat qildi va o'z darvoza oldida xavfli vaziyat yaratishga imkon bermadi hamda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.


Bergamodagi triller 

"Atalanta" va "Torino" o'rtasidagi aksariyat uchrashuvlar yorqin va tomoshabop bo'ladi. Bu safar o'yin starti ancha sokin kechdi, ammo 1-xavfli vaziyatoq gol bilan yakunlandi. De Ron markazdan to'pni Ilichichga tashlab berdi, Yosip himoyachini ortda qoldirib, to'pni darvozaga yo'naltira oldi. Yana 5 daqiqa o'tib, Muriel jarima maydoniga yorib kirdi va bir qarashda uzatmasi qovushmagandi, lekin Gonsens to'pga etishning imkonini topdi hamda oradagi farqni oshirdi. "Buqalar" himoyasi esa karaxt axvolga tushib qolgandi. Ko'p o'tmay, navbatdagi hujumda Ilichich assistent rolida ishtirok etdi va to'pni Murielga aniq etkazdi. Luis avvaliga Siriguni alday olmagan bo'lsada, takroriy urinishdan to'pni darvoza to'riga yo'lladi. O'yinning 21-daqiqasiga kelib, 3 ta to'p farq va "Atalanta"ning qarshi hujumlari inobatga olsak, bellashuv taqdiri hal bo'lgandek edi. Biroq "Torino" taslim bo'lmadi va bitta gol urishga erishdi. Belotti penaltidan gol ura olmagan bo'lsada, ikkinchi urinishda oradagi farqni baribir qisqartirdi. Bo'lim so'nggida "Atalanta" jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga keldi va to'singa tegib qaytdi, Bremer esa hammadan chaqqonroq harakat qilib, yana bir gol urishga erishdi. Kutilganidek, jamoalar hujumkor va tomoshabop o'yin namoyish qilib berishdi.

Tanaffusdan keyin o'yin tempi pasaymadi. Jamoalar markazda ortiqcha ushlanib qolmay, vaziyat ketidan vaziyat yaratishardi. Uilfrid Singo ajoyib zarba bilan "Atalanta" darvozasi to'sinini nishonga oldi. Javob hujumida Miranchuk "buqalar" darvozasi ustunini tekshirib ko'rdi. Hal qiluvchi voqea esa 85-daqiqada yuz berdi. Verdining ideal uzatmasidan keyin Bonaccoli hisobni tenglashtirdi. O'yin so'nggida esa Verdi jamoasiga g'alaba keltirishi mumkin edi, lekin omadi chopmadi. Hisob o'yinga mos bo'lsada, "Atalanta" natijadan qoniqmagani turgan gap.

SHuningdek: "Lacio" "Kalyari"dan kuchliroq, "Speciya" "Sassuolo"ni engdi, "Verona"ning "Udineze"ga kuchi etmadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика