So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Kuperning nomi yoki tajribasiga suyanadigan payt emas Yangiliklar

Kuperning nomi yoki tajribasiga suyanadigan payt emas

Kechagi mag'lubiyat emas, balki terma jamoamiz ijrosidagi o'yin ko'pchilikni dilini xira qildi.

Natija o'z yo'liga, Turkiya bizdan kuchli va mag'lubiyat kutilmagan voqelik bo'lmadi. Lekin Turkiya fonida ko'rinmagan o'yinimiz ko'pchilikda savollarni uyg'otdi. Aslida Osiyo Kubogidan keyinoq terma jamoamizda murabbiy imzosi ko'rinmagandi. Buni avval ham yozgandim, musobaqadan keyin statistik malumotlar bilan ham asoslab bergandim.

Kuper uslubi o'zbek futboliga begona 

Osiyo Kubogida jamoalar eng ko'p aniq zarbani — Turkmaniston va O'zbekiston darvozasi tomon yo'llashgan (to'liq statistika) 

Kuper terma jamoamizga kelganiga oz vaqt bo'lgani yo'q. Oradan etarlicha vaqt o'tdi. Umuman Kuperda terma jamoamizni qita chempionatiga tayyorlash uchun etarlicha muddat bo'ldi. Sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabrda jamoa Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasidagi to'rtta yig'inda jami 6ta o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdi. Osiyo Kubogiga yaqin esa jarohatdan qo'rqqanini iddao qilgan Kuper o'yin amaliyotisiz qita chempionatiga bordi. Vaholanki jarohatni nafaqat o'yinda, balki istalgan mashg'ulotda ham olish mumkin. 

Osiyo Kubogidagi ilk o'yinda Ummon shunchaki individual harakatlar samarasi o'laroq mag'lub etildi. Turkmaniston bilan o'yinda daraja o'z so'zini aytib, ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabani tantana qilgandik. Keyinchalik Yaponiyaning ikkinchi tarkibiga yutqazgan terma jamoamiz, nimchorak finalda Avstraliya bilan 120 daqiqa durang o'ynab, penaltilar seriyasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Osiyo Kubogida terma jamoamiz o'yin taraflama faqatgina Turkmaniston bilan bahsda o'zining yakka hokimligini o'rnatgandi. O'sha bahsda terma jamoamiz ijrosida futbol tomosha qilgandik.

Yoki o'tgan yili kuzda necha oyda bir yig'ilgan KXDRga qarshi va Qatarning ikkinchi tarkibi bilan bahsda nisbatan yaxshi o'ynab, g'alaba qozongandik. Eron yoki Suriya bilan bellashuvda esa terma jamoamiz aytarli hech narsa ko'rsatmagandi. 

Kechagi bahsda ham terma jamoamiz o'yini nochor, himoyadan hujumga o'tishda o'sha eski muammolar, raqibga pressing uyushtirishda esa juda sust o'ynadik. Qisqa qilib aytganda, chuqur himoyalanib, pozicion hujumlarni unutdik. Bu narsa Kuper qo'l ostida yangilik emas.

O'zbek futboliga qarama-qarshi uslubni joriy qilayotgan Kuper (tahlil)         

Bir haqiqatni tan olish kerakki, O'zbekiston terma jamoasi doim to'p bilan o'yinda xavfli. To'psiz o'ynash esa bizning eng kuchsiz jihatlarimizdan biri sanaladi. To'g'ri, taktik rang-barang bilimdon murabbiy kelib, ikkinchi raqam ostida ham terma jamoamizni o'ynatib yuborishi mumkin. Lekin bu qiyin masala. Har holda Kuper qo'l ostida bu ishni juda yomon amalga oshiryapmiz.

Futbol sifati, o'yin tashkillashtirish, himoyadan hujumga o'tish, pozicion to'g'ri himoyalanish kabi muammolar hozirgi holatimiz yomonlashib borayotganini yaqqol ko'rsatmoqda.

Kuper terma jamoa ruliga kelgach, bir oydang so'ng O'zbekistonning haqiqiy qiyofasini ko'rsatishga vada bergandi. Oradan ancha vaqt o'tdi. Lekin Kuper vada qilgan qiyofa ko'rinmayapti. 


O'FAda Kuperga nega bu qadar yuqori ishonch krediti taqdim etishmoqda, ochig'i hayronman. Natija desak, bundan asar ham yo'q. Terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi oxirgi yillardagi eng yomon natijani qayd etdi. O'rtoqlik o'yinlarida ham KXDR darajasidagi jamoalarni yutyapmiz. Yoki o'rtoqlik turnirida vaqtincha jamoaga kelgan murabbiy qo'l ostidagi Xitoyni mag'lub etdik. O'yin taraflama qarasak, hech qanday poydevor qurilayotgani ko'rinmayapti. Himoyadan o'ynash poydevori qurilishi esa besamar ish. 

O'zbekiston MTJning yaqin kelajakdagi qiyofasi, Kuper falsafasi va uslubi haqida 

Odatda terma jamoada murabbiylar o'yinni chempionatdagi etakchi klublar uslubi va ijrosidagi o'yindan kelib chiqqan holda quradi. Yani, terma jamoaning asosiy o'zagini tashkil qiladigan jamoalar uslubiga qarama-qarshi o'yin tashkillashtirilmaydi.

Masalan, bizning terma jamoaning asosiy o'zagi qaysi jamoalar? "Paxtakor" va "Lokomotiv" to'g'rimi? CHempionatimizdagi etakchi jamoalar qaysi uslubdan foydalanadi? "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Nasaf" asosan to'p bilan, birinchi raqamda futbol tashkillashtiradi. Yani, hozirgi terma jamoamizdagi futbolchilar klubda to'p bilan futbol o'ynab, Kuper qo'l ostida to'psiz harakatlanishga majbur bo'lishmoqda. Natijada o'yin sifatiga putur etmoqda. 

SHu boisdan ham Kuper uslubi haqida ko'p gapirilmoqda. Bir narsani tan olaylik, maqsad Jahon chempionatiga chiqishmi, unda shunga monand vaziyatga jiddiy qarash lozim.

Ektor Kuperga shunchaki xorijlik mutaxassis bo'lgani hamda jahonda o'z vaqtida nomini chiqarib olgani uchun uning tajribasigagina ishonib qolayotgandekmiz.

Terma jamoaga murabbiy tanlayotganda birgina xorijlik ekanligini inobatga olib, tajribasiga suyanib qolish yaramaydi. Birgina bu jihat umuman etarli emas. Murabbiy tanlanayotganda ko'plab jihatlar bir-biriga mos tushishi kerak. Mayli, bizda buni tushunadigan mutaxassislar yo'qligi tufayli Ektor Kuper varianti tanlandi. SHunchaki Jahon chempionatiga chiqqan degan kriteriyaga amal qilindi. CHuqur tahlil qilinmadi yoki uslub jihatdan qanchalik bizga mos degan savolni kun tartibiga qo'yadigan mutaxassislar etishmadi. Kuper olib kelindi, unga malum vaqt berildi. Mayli. Lekin unga yanada ishonib va vaqt berish uchun ikkinchi tarafdan ham nimadir olish lozim. Ammo Kuper tarafdan munosib javob "yangramayapti". Kelajakda Kuper terma jamoamizda nimanidir o'zgartirishi mumkinligiga ishonch paydo bo'lishi uchun sabablar ko'rinmayapti.


Maqsad va vazifa Jahon chempionatiga chiqish. Lekin hozir ko'rinmayotgan o'yinimiz, saralash bosqichi boshlanganda yoki Kuper uslubidagi o'yin orqali Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA yoki boshqa saviya jihatdan bizga yaqinlashib qolgan terma jamoalar bilan raqobat qilib, 4ta yo'llanmadan birini qo'lga kiritishimizga ishonch juda kam. Bu ketishda Kuper qo'l ostida ham faqat individual harakatlar yoki standartlarga tayanib qolamiz. Kuperning nomi va tajribasi evazigagina Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya yoki Eronni mag'lub etishning imkoni yo'q. Buning uchun yangi g'oyalar, zamonaviy taktik qarashlar va agressiv o'yin tashkil etadigan murabbiy zarur bo'ladi.

Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o'yinimizda o'zgarish bor deya olaman" 

Uzoqqa ketmaylik, yaqin o'tmishda Babayan qo'l ostida ham terma jamoamiz to'psiz, mazmunsizsiz o'ynagan, lekin shunda ham oxiriga qadar imkoniyat saqlanib qolib, birgina gol bizni Rossiyadagi mundialdan ajratib qolgandi. Yani, Kupersiz ham to'psiz o'ynab qiynalgan futbolchilar orada bir Kapadze qo'l ostida sog'ingan futboldan chanqoqlarini qondirishgandi. Garchi Babayan bilan ham Janubiy Koreya yoki Eron bizni mag'lub etishga qiynalgan. Bu Babayan kuchliroq yoki yaxshiroq edi, degan tushunchani bermaydi. SHunchaki futbolchilarimizning salohiyati bundanda kuprog'iga qodir, faqat shuni amalda yuzaga chiqara oladigan mutaxassisga muhtojligimizni anglatadi xolos.

Gap faqatgina Kuperning biz uchun begona uslubida ham emas. Balki ikkinchi raqam bilan o'ynashga o'rgangan mutaxassisda ikkinchi rejani yo'qligi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda. To'psiz, ikkinchi raqamda taktik puxta va kerak bo'lsa vaziyatga qarab o'yinni o'zgartira oladigan rang-barang murabbiy bo'lganida ham nimagadir ishonsa bo'lardi. Lekin Kuperga bo'lgan ishonch tobora kamayib, istefo qachon ruy beradi, degan savol kun tartibiga chiqmoqda.

Oradan 120 kun o'tdi, lekin hech narsa o'zgargani yo'q 

Har bir yig'in, har bir daqiqa g'animat. JCH yo'llanmasi yo'lidagi kichik xatolar ham qimmatga tushishi bizga ko'p dars bo'lgan. Lekin negadir tegishli xulosalar chiqarilmaydi...

Muallif :
Reyting: -57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика