So’nggi yangiliklar

09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  1 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  9 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  23 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1

Kuperning ketishi va Abramovning kelishi qanday bo'ldi? Ravshan Ermatov bilan intervyu Yangiliklar

Kuperning ketishi va Abramovning kelishi qanday bo'ldi? Ravshan Ermatov bilan intervyu

Sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.

Bir yil avval terma jamoamiz murabbiyi etib tayinlangan argentinalik Ektor Kuper bilan shartnoma bekor qilindi va uning o'rniga "Bunyodkor" ustozi Vadim Abramov bosh murabbiyga aylandi. Mana o'zgarishlar borasida barcha malumotlarni olish maqsadida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan suhbatlashdik.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper istefoga chiqarildi. Bu qaror qanday qabul qilindi?

- JCH-2022 saralashi doirasidagi Falastindan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Ektor Kuper bilan ko'rishdik va bu loyihani muhokama qildik. Muhokamadan so'ng Kuper ham, O'FA ham bu loyihani davom ettirishga to'liq ishonch yo'qlgini his qildik. SHu bois ikkala tomon o'zaro kelishgan holda shartnoma bekor qilindi.

- SHartnomga asosan Ektor Kuperga katta miqdordagi tovon puli to'lanishi haqida xabarlar chiqdi. Gap 5-7 million dollar haqida edi...

- To'g'ri shartnoma bekor qilingani uchun O'FA bosh murabbiyga tovon puli to'lashi kerak. Ammo siz aytganchalik katta summa emas. O'FA bir hafta davomida murabbiy bilan muzokara natijasida tovon pulini ancha kamaytirishga erishdi. Tovon pulining aniq summasini ayta olmayman, sababi shartnoma bandlaridan biri buni taqiqlaydi.

- Falastin bilan o'yindan keyin turli mish-mishlar, xabarlar chiqdi. Ammo O'FA negadir hech qanday reakciya qilgani yo'q.

- Aytganimdek biz bir hafta davomida Ektor Kuper bilan muzokara olib bordik va barcha masala hal bo'lishini kutdik. SHu bois muzokaralar vaqtida O'FA ham, Kuper ham hech qanday bayonot bilan chiqqani yo'q.



- Nima uchun aynan Vadim Abramov tanlandi?

- O'sha paytda mutaxassislar tomonidan takliflar bo'ldi, murabbiylar kengashi bilan maslahatlashdik. Muxlislar tomonidan turli fikrlar bildirildi, chet eldan yangi murabbiy kerak deganlar ham bo'ldi, Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov kabi murabbiylarni taklif qilishdi. Agar chet eldan murabbiy olib kelsak bitta xato ustiga yana xato qilishimiz mumkin edi. Sababi o'zbek futboliga begona bo'lgan mutaxassis terma jamoamizni o'rganishiga ancha vaqt kerak bo'lishini inobatga oldik. CHunki 10 oktyabr kuni Yaman bilan o'yinimiz bor. Vaqt juda oz edi. Murabbiylar kengashi bilan maslahatlashgan holda tajribali, o'z vaqtida terma jamoada ishlagan Vadim Abramov variantida to'xtaldik. Unga yosh murabbiylarimizdan, terma jamoada 100dan ortiq o'yinda maydonga tushgan, bir muddat milliy terma bosh murabbiyi bo'lib ishlagan Timur Kapadze yordam beradigan bo'ldi. Abramov va Kapadze bir-birini to'ldirgan holda ishlashiga va yangi murabbiylar shtabining faoliyati omadli bo'lishiga umid qilamiz. Biz ham, xalqimiz ham Jahon chempionatiga chiqishni xohlaymiz.

Umuman biz faqat terma jamoa haqida emas balki o'zbek futboli kelajagi haqida o'ylashimiz lozim. Futbolimizda aniq bir tizim, strategiya yo'q. Aslida bugungi kunda qilinayotgan ishlar 5-6 yil avval rejalashtirilgan bo'lishi kerak edi. Hozir O'FA futboli rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganib chiqib, OFK, UEFA, FIFA mutaxassislari bilan birgalikda qisqa 4 yillik hamda uzoq 8 yillik rejalarni tuzish ustida ishlab olib borayapmiz. Bunda asosiy etibor bolalar futboli, hududiy futbol associaciyalarining faoliyatini rivojantirish va viloyatlarda o'tkazilayotgan musobaqalarni qayta tiklash, futbolning ommaviyligi, barcha terma jamoalarimiz, o'smirlardan boshlab milliy termagacha bir xil uslubda futbol o'ynashiga va boshqa ko'plab yo'nalishlarga qaratiladi.

- Olingan malumotlarga ko'ra, O'FA O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar uchun translyaciya huquqini yana o'ziga qaytarib olibdi. SHu haqida batafsil va aniq malumot bera olasizmi?

- O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda media, translyaciya va tijoriy huquqlar to'lig'icha, 2025 yilga qadar xorijiy kompaniyaga sotib yuborilgan ekan. Ushbu kompaniya yiliga O'FAga juda ham kichik summani to'lab kelayotgan edi. Yani terma jamoa o'yinlarida O'FA o'z homiylarini reklama qila olmasdi va translyaciyani sotish huquqiga ega emasdi. SHu bois ham terma jamoada hozirga qadar bosh homiy, hamkorlar yo'q edi. O'sha kompaniya vakillari bilan bir necha bor muzokaralar olib bordik, O'zbekistonga taklif qildik. Olib borilgan muzokaralar natijasida 2025 yilga qadar tuzilgan shartnomani bekor qilindi va barcha huquqlar yana o'zbek futboliga qaytarildi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +218   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика