So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Kuperdan TTT formulasi - Tarkib, tartib va talab Yangiliklar

Kuperdan TTT formulasi - Tarkib, tartib va talab

Ektor Kuperning uslubi haqida gapirmagan inson qolmadi.

Tabiiyki Kuperning himoyaviy uslubi ko'pchilikka yoqmayapti. Yoqmayotganiga asosiy sabab, Kuper kim bilan o'ynashdan qatiy nazar, kuchli raqibmi yoki kuchsiz jamoami farqi yo'q, o'yinni himoyadan qurmoqda. Natijada o'rtoqlik o'yinlari ham nursiz, qiziqarsiz ko'rinish olmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bu orqali Kuper o'zi uchun kerakli detallarni yon daftarchasiga qayd etib qo'ymoqda.

To'g'ri, o'rtoqlik o'yinlari murabbiylar uchun xizmat qilishini hamma tushunib turibdi. Masalan hamkasbim Xayrulla Xoliqovni ko'proq g'alabaga bo'lgan chanqoqlikning kamayib borayotgani va bu orqali jamoadagi ruhiyat tushib ketish xavfi o'ylantirmoqda. Kuper esa avvalo himoyada tartibni o'rnatib, keyin boshqa chiziqlar haqida bosh qotirmoqchi.

Kuper tanlagan taktika tezroq natija ko'rsatishga qaratilgan. Yani, himoyadan o'yinni qurish orqali jamoa faqat natijaga erishishi mumkin. Natijaga eltuvchi eng qisqa va yaqin masofa - himoyaviy o'yin. Mayli, o'rtoqlik bahslari nima uchun xizmat qilishi va bundan avvalo murabbiy yutishini tushunib turibman.


Buyog'iga Kuper aytganidek, sabr qilish kerak. Murabbiyning uslubi shu. Buni biz qanchalik gapirmaylik, etiroz yoki tanqid qilmaylik foydasi yo'q. Har bir murabbiyning uslubini hurmat qilish lozim. Ektor Kuperga haqiqiy bahoni va u tanlagan uslub bizga qanchalik to'g'ri kelishi yoki buni futbolchilar qay tariqa qabul qilishganini BAAda o'tadigan qita chempionatida ko'ramiz. Hozir murabbiyni tanqid qilishdan umuman yiroqman. Uslub va reja aniq. Ko'p takrorlaganimdek, Kuper rejasini bizda qanchalik amalga oshira oladi va bu bizga qay darajada foyda keltiradi, bu boshqa masala.

JCH yo'lida Ektor Kuperga ishonsa bo'ladimi yoki yo'q, degan savolga qishda o'tadigan qita chempionatida javob olamiz. Hammasi o'shanda ko'rinadi.

Ektor Kuper sentyabrdagi yig'ini chog'ida terma jamoaning haqiqiy qiyofasi bir oydan keyin ko'rina boshlashi haqida gapirgandi. Kechagi matbuot anjumanida esa bu galgi ikkala bahs ham futbolchilarni sinash va ular talab qilinayotgan o'yin uslubini qay darajada ko'rsata olishlarini ko'rib olmoqchi. Kuper o'ylaganichalik jarayon tez ketmayapti. Hali nafaqat o'yin, balki tarkib ham optimal ko'rinishda emas. Katta ehtimol noyabrda ham terma jamoamizning Osiyo Kubogida ko'rishimiz bo'lgan haqiqiy yuzini ko'rmaymiz. Ammo kelasi oydagi yig'inda Kuper asosiy uzagni chamalab olib, haqiqiy tarkib bilan oxirgi sinov yig'inini o'tkazadi. Dekabrdan boshlab esa nafaqat himoya chizig'i, balki butun chiziqlar, umuman to'liq o'yin kartinasi shakllantiriladi.


Kuperning futbolchilardan talab qilayotgan asosiy vazifasi - tartib. Bu nafaqat maydon tashqarisidagi, balki barcha futbolchilar o'zlariga yuklatilgan vazifa va funkciyalarni belgilangan hududda bajarish tartibiga to'liq rioya etishi. Kuper futbolchilarga vaziyatdan kelib chiqib emas, ko'rsatmaga muvofiq o'ynashni talab etmoqda.

KXDR va Qatarga qarshi o'yinda barcha kabi shirin g'alaba tamini tatib ko'rishni istaymiz. Ammo bu erda natijadan ko'ra, Kuper o'zi xohlayotgan detallarni to'liq sinovdan o'tkazib olgani bizga ko'proq foydali.

Hozircha nafaqat futbolchilar, balki hammamiz murabbiy chizgan chiziqdan yurishimiz kerak. BAAdagi Osiyo Kubogida esa murabbiy biz istagan chiziqlarni bosib o'tishiga to'g'ri keladi. O'shanda Kuper hozir futbolchilarga qo'yayotgan talabni biz murabbiydan so'raymiz. Hozircha xulosaga shoshilmagan maqul. Jarayonda ruy berayotgan voqeliklardan kelib chiqib savollar yo'llashimiz kerak, chamamda. Bizdan talab qilinayotgan ish, shoshilmaslik, muxlislar esa nafaqat sabr qilishlari, balki qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishlari lozim. Aynan shu jihat ham jamoadagi ruhiyatni ancha tetiklashishiga xizmat qiladi.

Avvalo tarkib, keyin tartib va so'ngra talab! Aynan shu «TTT» formulasi asosida ishlanmoqda. Nafaqat Kuper yoki futbolchilar, biz ham mana shu formulaga rioya etgan holda sabr qilishimiz kerak.

Qisqa qilib aytganda, hamma bir jamoaga aylanmoq lozim!

Muallif :
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика