So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  12 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Kuper Haydarov, Inileev va Abramovdan yaxshi natija ko'rsata oladimi? Yangiliklar

Kuper Haydarov, Inileev va Abramovdan yaxshi natija ko'rsata oladimi?

Osiyo Kubogiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda tarixni yodga olish xalaqit qilmaydi. Agar unda bugungi kunga solishtirish uchun etarli asoslar bo'lsa.

CHuqurlashib ketishni istamadim, 2004 yildan boshlashni maqul ko'rdim. "CHin yurti"da bo'lib o'tgan Osiyo Kubogiga Ravshan Haydarov bosh murabbiy sifatida terma jamoani olib borgan edi. Unga musobaqada Yurgen Gede yordam bergan. SHu yilgi terma jamoamiz tarixdagi eng yoshlaridan biri bo'lgan. Tarkibdagi 9 nafar futbolchi olimpiada saralash o'yinlarida qatnashgan. Bu jiddiy ko'rsatkich.

Osiyo Kubogi-2004
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov (O'zbekiston)
Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 23,5.
Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 9 nafar - Timur Kapadze, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Ildar Magdeev, SHavkat Raimqulov, Islom Inomov, Ilyos Zeytullaev, Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev.
Legionerlar: 7 nafar - Aleksey Polyakov ("Krilya Sovetov"), Andrey Fyodorov ("Rubin"), Mirjalol Qosimov ("Alaniya"), Nikolay SHirshov va Andrey Akopyanc ("Rostov"), Aleksandr Geynrix (CSKA), Evgeniy Safonov ("SHinnik"), Ilyos Zeytullaev ("Yuventus").
O'sha davrning top-5 yulduz futbolchilari: Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov, Nikolay SHirshov, Leonid Koshelev va Baxtiyor Ashurmatov.
Osiyo Kubogidagi natija: 1/4 final. O'zbekiston - Bahrayn 2:2 (pen, 3:4)



2004 yilgi Osiyo Kubogidagi aksar futbolchilar keyingi musobaqaga ham etib kelishdi. Bu safar 6 nafar futbolchini biz London Olimpiadasining saralash o'yinlarida ko'rgandik. Afsuski, vazifani uddalash bu safar ham bizga nasib etmagan. Yil yakunida terma jamoamiz bosh murabbiyi Rauf Talgatovich Osiyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingandi.

Osiyo Kubogi-2007
Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 24,8.
Bosh murabbiy: Rauf Inileev (O'zbekiston)
Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 5 nafar - Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov, Marat Bikmaev, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov.
Legionerlar: Aleksey Nikolaev ("Aktobe"), Ulug'bek Baqoev ("Tobol"), Marat Bikmaev ("Rubin"), Pavel Solomin ("Saturn"), Aziz Ibragimov ("Slovan"), Vitaliy Denisov ("Dnepr"), Maksim SHackix ("Dinamo" Kiev).
Top-5 yulduz futbolchi: Pavel Bugalo, Maksim SHackix, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Vitaliy Denisov.
Osiyo Kubogidagi natija: 1/4 final. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:2.

Bu qita chempionatini hali-beri esdan chiqarmaymiz. Avvalo terma jamoadagi legionerlar soni avvalgilarga qaraganda ancha ko'p bo'lgan. Undan tashqari, juda ko'plab futbolchilarimiz etilib ulgurgandi. Vazifa Vadim Abramovga ishonib topshirildi. Eng yaxshi natijamiz ham aynan shu musobaqaga to'g'ri keldi. Faqat bu terma jamoada Olimpiya yoshida bo'lgan futbolchilar deyarli yo'q edi. Faqatgina Farrux Nurliboevni ko'rsatishimiz mumkin, ammo u ham top-klassdagi o'yinchi emasdi.


Osiyo Kubogi-2011
Terma jamoaning o'rtacha yoshi: 25,9.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov (O'zbekiston)
Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 1 nafar - Farrux Nurliboev.
Legionerlar: Aziz Ibragimov ("Bogemians"), Ulug'bek Baqoev ("Tobol"), Jasur Hasanov ("Lahviya"), Marat Bikmaev ("Alaniya"), Vagiz Galiulin ("Sibir"), Sanjar Tursunov ("Volga"), Server Jeparov ("Seul"), Maksim SHackix ("Arsenal" Kiev).
Top-5 yulduz futbolchi: Timur Kapadze, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov.
Osiyo Kubogidagi natija: 4-o'rin. Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:2.

Bu qita chempionati Mirjalol Qosimovga ishonib topshirildi. Omadsizlikning eng asosiy sababi, 1/4 finalni o'zidayoq Janubiy Koreyaning to'g'ri kelgani. Lekin kechagi o'yindan farqli ravishda bu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi gollar urish uchun bir nechta qulay imkoniyatga ega bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-2015
Terma jamoaning o'rtacha yoshi:
26,6.
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov (O'zbekiston)
Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: 2 nafar - Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev.
Legionerlar: Anzur Ismoilov ("CHanchun Yatay"), Bahodir Nasimov ("Padidah"), Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva), Server Jeparov ("Seongnam"), Sanjar Tursunov ("Vorskla"), Aziz Haydarov ("Al SHabab").
Top-5 yulduz futbolchi: Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Vitaliy Denisov.
Osiyo Kubogidagi natija: 1/4 final. Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:0.

BAA yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan musobaqaning avvalgilaridan asosiy farqi terma jamoalar soni 24taga ko'paygani. Bu nisbatan kuchsizroq terma jamoalarga ham OKda imkoniyat berilishiga sabab bo'ldi. SHuning uchun ham terma jamoamiz Yaponiyani hisobga olmaganda kuchsiz guruhdan joy olgan. O'z navbatida biz Ektor Kuperdan eng yaxshi natijani ko'rsatishni talab qilishga haqqimiz bor.


Bu Osiyo Kubogidagi asosiy muammo, avlodlar almashinuvini o'tkaza olmaganimiz. Kuperni shu kungacha o'tkazgan yig'inlarida birgina Jasur Yaxshiboev (Olimpiya terma jamoasi azosi) jalb qilingan, ammo jarohati tufayli ishtirok eta olmagan edi. Bu esa MTJ saviyasidagi yosh futbolchilar qolmaganidan dalolat.


Osiyo Kubogi-2019.
Bosh murabbiy: 
Ektor Kuper (Argentina)
Olimpiya terma jamoasi yoshida bo'lganlar: Agar yakuniy ro'yxatga kirsa Jasur Yaxshiboev.
Legionerlar: ...
Top-5 yulduz futbolchi: Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Sardor Rashidov...

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика