Kunde: “Tuxel bilan gaplashgandim, ammo menga Xavining so'zlari maqul keldi”
20 sen 2022 08:50
Yangiliklar
Kunde: “Tuxel bilan gaplashgandim, ammo menga Xavining so'zlari maqul keldi”
“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde yozda “CHelsi”ga o'tmaganining sababini tushuntirdi.
“Birinchidan, yaxshi davrlarni o'tkazgan katta klubga keldim. Hozirda ularning holat yomonroq.
Loyihaga qo'shildim, buni qayta qurish deb atamagan bo'lardim, chunki bizda alaqqachon raqobatbardosh jamoa bor.
O'zim uchun “Barsa”da yangi to'lqinning bir qismi bo'lish, sovrinlar uchun kurashish va klubni cho'qqiga qaytarish qiziqroq ko'rindi.
Xavi bilan ko'rishdim. Asosan, futbol haqida gaplashdik. Murabbiyning menga ishonchini, o'yin uslubimni chindan ham yaxshi bilishini his qildim.
Tomas Tuxel bilan ham gaplashdik va u meni “CHelsi”da ko'rmoqchi edi, ammo menga Xavining nutqi maqul keldi”, deydi Kunde.
Fikrlar