Kundalik #8/9. O'yinni bizda ham ko'rsatish mumkinmidi?
26 dek 2014 16:43
Yangiliklar

Kundalik #8/9. O'yinni bizda ham ko'rsatish mumkinmidi?
Bu safargi ijodiy ishdan o'zim ham qoniqmayapman. Avvalgidek faol emasman, boisi o'zimga boshqa ish topib oldim.
Yani, terma jamoaning mashg'ulotlarida faol ishtirok etyapman. Yordamim tegayotganidan albatta xursandman, bazan bundan xursand ham bo'laman. 2006 yil faoliyatimni boshlaganimda juda g'o'r edim. O'sha yillari endi-endi nomi chiqayotgan, Ahmedov, Denisov, Haydarov va Ismoilov kabi futbolchilarimiz bugungi kunda terma jamoamizning eng kuchli futbolchilariga aylandi. Ular bu yo'lni uzoq va mehnat bilan bosib o'tishdi. Futbolchidan farqli ravishda MTJdan o'rin olish jurnalistning o'z qo'lida. Unga murabbiydan chaqiruv shart emas, qog'oz-qalamni olib terma jamoa oldiga borsa bo'lgani. Lekin terma jamoani ichiga kirib olish, ular bilan mashg'ulotlarda bir xilda to'p bilan ishlash hammaga ham nasib etavermasa kerak.
O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqa olmadi, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogini yuta olmadi, bu degani men Vatanimni almashtirib, Angliyaga borib u terma jamoani o'zimniki qilib olishim kerak degani emas-ku, to'g'rimi? Men shu Vatan farzandiman, demak, faqat va faqat O'zbekiston bilan yashashim kerak. Bu balandparvoz gaplar emas, agar buni yurakdan xis qilsangiz, atrofdagi har xil mayda-chuyda gaplarga qo'l siltashga o'rganar ekansiz.
Bundan ikki yil avval tanlagan yo'limiz naqadar to'g'ri chiqqanligiga bugun amin bo'lyapman. Betaraflikda gap katta ekanligini ustozlarimiz aytishgan va ularning o'gitlariga amal qilib kam bo'lmayapmiz. Tarozi pallasini yaxshilar bosib turadi, shunday ekan, o'sha yaxshilar uchun mehnat qilishdan charchamaslik kerak.
Intervyularning kamligi sababini aytsam. Ikki mahal mashg'ulotdan yigitlarimiz rosa charchashyapti. Endi dam olishga yotdim deganda, ikkinchi mashg'ulotga mamurlarimiz futbolchilarni uyg'otib turishibdi deng.
Xabaringiz bor, kecha o'yin bo'lib o'tdi. “Matchworldcup Group” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur bahsga faqat va faqat havas bilan qaraysiz. Toshkentda bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari hech qachon bunday yuqori sifatda o'tkazilmagan. Faqatgina saralash o'yinlaridagi rasmiy uchrashuvlarda mazkur manzara guvohi bo'lamiz. Kompaniyaning 2 nafar xodimi barcha narsani o'zlari bajarib tashlashdi. “Eshmat, uni olib ber, Toshmat arqonni tort”, degan narsalar yo'q. Barchasi qonun-qoida bilan o'z vaqtida. Maxsus bannerlar tayyorlangan, mikst-zonagacha tayyor. Media xodimlar uchun maxsus dasturxon. O'yinga 20 nafarga yaqin jurnalist tashrif buyurganini aytib o'tishim lozim. O'yindan avvalgi tarkib va uning yakuniy holati qisqa fursat ichida qo'lingizda bo'ladi. Hamma “jiletka” kiygan. Tartib barchaga bir, o'zingiz uchun ruxsat etilmagan hududda harakatlana olmaysiz. Xullas, o'rtada turgan kompaniya barchasini alo darajada ishlab chiqqan.
Ularga bundan nima naf? Avvalo Iroq buyurtmachi. Undan keyin kompaniya elektron tablolarga o'z reklamasini qo'yish huquqiga ega. Va eng muhimi, o'yinni TVga sotish ham ularning zimmasida. Bitta o'yin orqali anchagina daromad ko'rishi mumkin. Ular sizga istagan eringizda, professional o'yin tashkil etib bera oladilar. 4 yanvar kuni Avstraliyada bo'lib o'tadigan Eron – Iroq uchrashuvini ham “Matchworldcup Group” kompaniyasi tashkil etadi. Uchrashuvga kirish mutlaqo tekin emas, garchand u betaraf maydonda bo'layotgan bo'lsa-da. Kechagi bahs chiptalarining narxi bizning pulda 15 000 so'mni tashkil etdi. 600 nafarga yaqin muxlis kelganini inobatga olsa, 900 000 so'm bo'ladi, harna mayda-chuydalarning puli chiqadi.
Endi barchangizni qiziqtirayotgan bir savolga javob bersam, “Sport TV” o'yinni ko'rsatsa bo'larmidi?
Albatta, ha!
Iroq “Matchworldcup Group” kompaniyasiga buyurtmachi sifatida o'zining talablarini qo'yadi. Yaxshi o'yin, Iroq uchun teletranslyaciya, yaxshi maydon va shunga o'xshash. Iroqning talabidan kelib chiqib kompaniya O'zbekistonga murojaat qiladi. Markaz o'ziga tegishli talabni shartnomaga kiritdi. Hattoki shartnoma bandida, matbuot anjumanini tashkil etish ham bor. Mayda-chuydasigacha bor. Agar shu kungacha “Sport” TV Markaz yo futbol tashkilotlarining biri bilan yaqin aloqani o'rnatganida, o'sha kelishuv davomida O'zbekiston uchun ham bepul transyaciyani olish imkoniyati bo'lardi. Iroq uchun biz kerakli raqib edik va “Matchworldcup Group” o'yinni buzib yubormasligi uchun ham TV huquqini bizga berardi.
Hozircha shular...
Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Fikrlar