So’nggi yangiliklar

13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  1 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  0 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  0 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  1 11:23"ПСЖ галактикосдан қутулиб, ҳақиқий жамоага айланди. У финалга лойиқ эди. Энрике EЧЛда ҳеч ким юк бўлмаслиги кераклигини тушунади". Харгривс парижликлар таркиби ҳақида  35 10:49"Ал Ҳилол" АПЛдан мураббий олиб келмоқчи  1 10:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 10:00Бразилия Осиё чемпионати финалчисини аяб ўтирмади  1 09:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14 09:16"Бухоро" ҳали бери ўз майдонида ҳаракат қилмайдими? Лига Бухоро футбол академияси майдони юзасидан хавотирда  7 08:50Энрике Артетанинг гапларига жавоб қайтарди  22 08:27Ярим финалда мағлуб бўлган Артета нималар деди?  23 07:45Пролига. Бугун биринчи давранинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:10ЕЧЛ. ПСЖ "Арсенал"ни мағлуб этиб, Чемпионлар Лигаси финалига чиқди  4

Kundalik #2. Yana "Arsenal" akademiyasidamiz Yangiliklar

Kundalik #2. Yana "Arsenal" akademiyasidamiz

Yodingizda bo'lsa Bahrayn bilan Londonning "Arsenal" jamoasi bilan hamkorlikda yuritiladigan "The Seven" akademiyasida o'ynagan edik.

Tungi mashg'ulotlar aynan mana shu arenada bo'lib o'tdi. Avvalgi safar kelganimda faqat asosiy maydonga etibor qaratgan edim, endi esa mashg'ulot maydonlari bilan ham yaqindan tanishdim. Bir gap aytmay ilojim yo'q, agar bizda shunday akademiyadan 5tasi bo'lsa, "nega JCHga chiqa olmadik", deb emas, "nega JCHda yutqazib qo'ydik" deya murabbiylarimizni koyiyotgan bo'lar edik. Akademiyada bir nechta maydon bo'lib, ularning barchasi bir xil saviyada. Birontasini ajratib ko'rsata olmaysiz. Stadion hududi ham ancha katta. Asosiy maydonda BAAning regbi bo'yicha milliy terma jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadi. Bu stadionda 30 dekabr kuni "Real Madrid" va "Milan" jamoalari o'zaro kuch sinashadilar. Qaytishim 29 dekabrda, yana bir kun qolib o'yinni ko'rsam bo'lar edi, ammo to'g'risini aytaman, biznikilar oldida bunday top klublar menga qo'pol qilib aytganda, tiiiiitttt. Uzr yana bir bor. Ammo haqiqatdan ham, qanday qilib o'zimizni futbolni bilmasdan turib xorij klublarini deb urishaveramiz? Ular halolda desangiz men kulgan bo'laman, chunki ularni biz shunchaki yuzaki ko'ramiz, aslida futbol hamma erda bir xil. Biz faqat uni dasturxonga chiroyli qilib tortishni bilmayapmiz xolos. 


Stadionda quruvchilar huddi lego yig'ayotgandek, temir tersaklardan tribunalarni qurib yotibdilar. Bu yangi va hamyonbop texnologiya bo'lib, katta bo'lmagan harajat bilan, quruq erda 50/60 ming nafar kishi sig'adigan arenani qisqa fursat ichida qurish demakdir. Faqat VIP, echinish xonalari, bazi bo'limlar hamda maydonni ideal holatga keltirib qo'ysangiz bo'ldi. 


Aynan 30 dekabrda bu ikki grand klubni Dubayga kelishini ortidan katta pul yotibdi. Avvalo bundan tashkilotchilar mo'may daromad olishadi. Mamlakatga aynan shu o'yinni ko'rish uchun kamida 10 000 nafardan ko'p turist keladi, tabiiyki ular yo'l-yo'lakay yangi yil bayramini BAAda nishonlab ketishadi. Angliya chempionatini inobatga olmaganda, huvillab qolgan TV uchun bu o'ljaning o'zi. Tashkilotchilar istagan narxlarida ularga o'yinni sotishadi. Hullas, evropaliklar ham xursand, tashkilotchilar ham. Bu erda muxlislarga mazza.


Dubayda mazzami deysizmi? Xoh ishoning, xoh ishonmang, "charchuxa". Ikki mahal mashug'lot o'tkazilyapti, jamoa bilan birga yurganligim uchun, mashg'ulotlarda ishtirok etyapman. Hamma harakatingizga vaqtni taqsimlay olishingiz kerak, huddi futbolchi 90 daqiqa uchun o'zining jismoniy holatini taqsimlay olgani kabi. Ikki mashg'ulot o'rtasida, intervyu, fotomaqola va kundalik yozish kerak. Yotish oldidan operator Jamol aka bilan 30 daqiqa trenajer zalida shug'ullanamiz. Jurnalist biron narsani yozishdan avval, o'sha yozayotgan qahramonini o'rniga o'zini qo'yib ko'rishini lozim deb o'ylayman. SHundagina maqola tabiiy chiqadi, shundagina savollaringizga murabbiy va futbolchilar kulib emas, jiddiy javob beradi. Hozircha ishlarimiz BESH, davom etamiz....


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика