So’nggi yangiliklar

23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1

"Kun videosi", chiptaga navbat turgan muxlislar yoxud nolaga qarshi nola (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Kun videosi", chiptaga navbat turgan muxlislar yoxud nolaga qarshi nola (Bekzod Tolibov blogi)

Biroz avval "Istiqlol" stadionidagi chiptalar muammosi aks etgan video telegram kanalimizda elon qilindi.

Muxlis har doim haq bo'lgan, bo'ladi ham. Farg'onadagi stadionda ushbu mavsum Superliganing ikki klubi - "Neftchi" va "Andijon" o'ynayapti. CHipta sotib olib stadionga kirish muammosi asosan o'yin boshlanishiga bir soat vaqt qolganida yuzaga keladi. Ayni shu paytda stadionga muxlislar oqimining eng tig'iz vaqti bo'ladi. Kirish eshiklari yonida kassalar bor, chipta sotuvi muntazam davom etadi. Ammo, yuqorida aytilganidek, bu kassalar birdaniga barchani chipta bilan taminlay olmaydi, metan zapravkalardagi kabi navbatlar yuzaga keladi. Bu bor muammo, inkor qilib bo'lmaydigan aksioma kabi.

Muammo bor bo'lsa, uning echimi ham bo'ladi. Buning jiddiy yondashuvga asoslangan harakat zarur. "Istiqlol" stadioni bu borada ishlamayapti emas, ishlayapti. Masalan, stadionga yaqin bo'lgan yondosh tuman va shaharlar markazlarida, shuningdek Farg'ona shahar dehqon bozorida chiptalar savdosi bilan shug'ullanuvchi maxsus kassalar faoliyati yo'lga qo'yildi. SHuningdek, "Andijon" - "Neftchi" uchrashuvi uchun telegram bot orqali chiptalarning onlayn savdosi test rejimda amalga oshirildi. Onlayn chipta sotib olish ochig'ini aytganda, bizda hali juda ham ommalashib ketmadi. Balki kassaning o'zidan chipta sotib olishga o'rganib qolganmiz, yoki buning ham alohida gashti bor.

"Neftchi"ning Superligada ijobiy natija qayd etayotgani sabab uy o'yinlarida muxlislarning "Istiqlol"ga tashrifi yanada ortib boraveradi. Muammoning yana bir echimi, chipta sotib olish sal ertaroq harakat qiling, masalan bir kun avval. Klubning rasmiy sahifalarida maxsus kassalar joylashgan nuqtalar ko'rsatilgan. Yoki "Istiqlol"ning o'zida ham kassalar muntazam ishlab turadi. Kelasiz va hech qanday navbatsiz chipta xarid qilaverasiz. Yoki endilikda telegram-bot orqali yo'lga qo'yilgan chiptalarning onlayn sotuvi orqali ham xarid qilsangiz bo'ladi, buning uchun uydan chiqishingiz va qayoqqadir borishingiz shart emas.

Sarlavhada "Nolaga qarshi nola" degan jumla ham bor, to'g'rimi? Hozir muxlis nolasiga qarshi stadion xodimlari ham nola qilishayapti. To'g'risi, bu o'rinda har ikki tomon ham birdek haq. Biri o'yin tomosha qilish uchun stadionga keladi va chipta uchun navbatga duch keladi. Ikkinchi tomon esa, muxlislarni hech bir muammosiz chipta xarid qilishlari uchun barcha harakatni amalga oshiradi, biroq bundan hech kim minnatdor bo'lmaydi. 

Aslida o'sha gap to'g'ri, "Muxlis nolasi" orqali olib chiqilgan xolat bu - eng yoqimli muammo. CHunki, siz yaxshi bilasiz, ayrim jamoalar stadionga kirish tekin qilib ham o'yinga muxlis jalb eta olmaydi.

P.S. Maqola elon qilinganidan so'ng "Andijon" klubi rahbari Ulug'bek Mirzaev tahririyatimiz bilan bog'landi. Malum bo'lishicha, "Andijon" - "Neftchi" uchrashuvida telegram-bot orqali chiptalarning onlayn sotuvi tashkil etilmagan. O'yin uchun chiqarilgan chiptalarning barchasi O'zPFL tomonidan belgilangan talablar asosida qog'oz variantda nashr etilgan.

Bekzod Tolibov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика