So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  59 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  18 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

Kun qahramoni. Zlatan Ibragimovich Yangiliklar

Kun qahramoni. Zlatan Ibragimovich

Zlatan Ibragimovich - ayni damda "Pari Sen-Jermen" futbolchisi.
Laqabi: Ibra, Ibrakadabra
Tug'ilgan sanasi: 1981 yil 3 oktyabr (33 yosh) (SHveciya, Malmyo)
Millati: SHved, kelib chiqishi bosniyalik
Bo'yi: 195 sm
Maydondagi poziciyasi: Hujumchi
Klub:  "Pari Sen-Jermen" (Franciya)
Raqam: 10
Yoshlar jamoasi:
1987-1991 "Malmyo BI" (SHveciya)  
1989-1995 "FBK Balkan" (SHveciya)
1995-1999 "Malmyo" (SHveciya)

Klubdagi faoliyati
1999-2001 "Malmyo" 40 o'yin (16 gol) (SHveciya)
2001-2004 "Ayaks"   74 (35) (Gollandiya)
2004-2006 "Yuventus" 70 (23) (Yuventus)
2006-2009 "Inter" 88 (57) (Italiya)
2009-2010 "Barselona" 29 (16) (Ispaniya)
2010-2011 "Milan" 29 (14) (Italiya)
2011-2012 "Milan" 32 (28) (Italiya)
2012-hozirgacha  "Pari Sen-Jermen"   68 (58)
Milliy terma jamoa
2001  SHveciya (21 yoshgacha)   7 o'yin (6 gol)
2001-hozirgacha SHveciya   98 (48)



Yutuqlari
Jamoaviy


"Ayaks"
Gollandiya chempioni: 2001/02, 2003/04
Gollandiya Kubogi sohibi: 2001/02
Gollandiya Superkubogi sohibi: 2003

"Yuventus"
Italiya chempioni: 2004/05, 2005/06 (korrupciya tufayli ikkalasi ham bekor qilingan)
Italiya Superkubogi finalchisi: 2005

"Inter"
Italiya chempioni: 2006/07, 2007/08, 2008/09
Italiya Superkubogi sohibi: 2006, 2008
Italiya Kubogi finalchisi: 2006/07, 2007/08
Italiya Superkubogi finalchisi: 2007

"Barselona"
Ispaniya chempioni: 2009/10
Ispaniya Superkubogi sohibi : 2009, 2010
UEFA Superkubogi sohibi: 2009
Klublar o'rtasida jahon chempioni: 2009

"Milan"
Italiya chempioni: 2010/11
Italiya Superkubogi sohibi: 2011

"Pari Sen-Jermen"
Franciya chempioni: 2012/13, 2013/14
Franciya liga Kubogi sohibi: 2013/14
Franciya Superkubogi sohibi: 2013, 2014

SHahsiy yutuqlari

A Seriya to'purari (2): 2008/09, 2012
Ligi 1 to'purari (2): 2013, 2014
SHveciya yil futbolchisi  (8): 2005, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013
Italiya yil futbolchisi (3): 2007, 2008, 2010
Franciya CHempionati eng yaxshi futbolchisi (2): 2013, 2014
UEFA CHempionlar Ligasining eng yaxshi assistenti : 2013
SHveciya terma jamoasida Evropa chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchi: 6 gol
2012 yildagi Evropa chempionatining UEFA ramziy terma jamoasi azosi
Golden Foot sovrini egasi: 2012
Ferenc Pushkash sovrini egasi: 2013

SHaxsiy hayoti

Zlatan Ibragimovich shveciyalik fotomodel Xelen Segerga uylangan.Bu juftlikning ikki farzandi bor - Maksimilian (22.09.2006) va Vinsent (06.03.2008). Hozirda Parijda yashashadi. Ibragimovich taekvondo bo'yicha qora belbog' sohibi. yoshligida Malmyodagi "Birlik" klubida shug'ullangan. Zlatan besh tilda gaplasha oladi: shved, bosniya, ingliz, ispan va italyan. "Eurosport" kanaliga bergan intervyusida uning kumiri Muhammad Aliligini takidlagan: "Sportda va undan tashqarida Muhammad Ali men uchun namunadir".

Tatuirovkalari
Ibragimovich futboldan tashqari tatuirovkalari bilan ham mashhur. Uning tanasida 11ta surat yoki yozuv mavjud. Ular asosan shaxsiy hayoti haqida.



"Qizil ajdarxo" - Ibragimovichning eng yorqin tatuirovkasi. O'ng tarafiga chizilgan.
"Maximillian" - birinchi o'g'lining ismi, o'ng qo'lida.
"Vincent" - ikkinchi o'g'lining ismi, chap qo'lida.
"Ibragimovich kodi" - ikkala bilagida ota-onasi, akalari va opa-singillari tug'ilgan kunlari yozilgan. Keyinroq esa farzandlarining tug'ilgan sanalari qo'shildi.
"Ibragimovich" familiyasi arabchada - o'ng qo'lida.
Oilaviy baxtni bildiruvchi surat - o'ng elkasida.
Onasining ismi - o'ng qo'lida.
Otasining ismi - chap qo'lida.
"Only god can judge me" (Faqat yaratgan menga hukm chiqaradi) - o'ng tarafida.
"Ikki tuz" - o'ng tarafida, ajdarho tepasida.


Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика