Kun qahramoni – Neymar
13 iyu 2014 17:11
Yangiliklar
O'z maydonida kutilganidek emas. Aynan shunday vaziyatlarda etakchilar o'zini ko'rsatishi kerak. Jamoangda hamma narsa o'xshasa etakchi bo'lish oson. Sen katta hisobda g'alaba qozonayotgan jamoang o'yinida ikki yoki uch gol urasan. Bu natijalar faqat statistika uchun. Seni mana shunday ishlar uchun etakchi deyishmaydi. Etakchi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmasa ham, jamoaga kerakli yordamini bera olishi kerak.
Butun Braziliya Neymardan ko'p narsa kutishayotgandi. Neymar – umid va Luis Felipe Skolari jamoasining asosiy qahramoni. Neymar braziliyaliklarning yagona jangchisi emas, lekin kechagi o'yinda u translyaciyalarda katta planda suratga olinishi bejizga emas edi.
Bu mavsum Neymar uchun eng omadlisi bo'lmadi. Ammo u Braziliya terma jamoasi tarkibida ajoyib o'yin ko'rsatib berishi mumkin. Bir yil oldin, futbolchi konfederaciyalar Kubogida yaxshi o'ynagan, endi navbat mundialga. "Barselona"da uning o'yini hammani hayratlantira olmadi. U o'z bisotidan bir necha usullarni ishlatdi. Bu ajablantirishi kerak emas. Kataloniya klubiga qaraganda Braziliya terma jamoasida o'zini erkinroq tuta oladi. “Barselona”da Neymar o'zini kamtarinroq tutadi, chunki u erda o'zini jamoaning etakchisi deya his qila olmaydi.
Neymar Xorvatiya bilan o'yinni odatdagidek chap qanot hujum chizig'ida boshladi. “Barselona”da asosan u chap qanotda o'yinni boshlaydi, ammo klubiga qaraganda terma jamoada bu qanotda ko'p ushlanib qolmaydi. Ilk daqiqalardan Oskar ishonchsiz ko'rindi, Xalk yo'qolib qoldi, markaziy himoyachi va yarim himoyachilar hujumni juda sekin boshlashdi, Fred to'psiz o'ynadi. Keyin esa Neymar markazga o'tdi. Bu Xalkga yordam bermadi, ammo Oskar uchun ish topildi, to'pni raqibdan olib qo'yib hujumga o'tdi va nihoyat uchinchi golni urdi(Skolari va Mourino shuning uchun Oskarni asosiy tarkibda maydonga tushiradi). Neymar ancha kutilgan o'sha imkoniyatga ega bo'ldi va etakchilikni eplay oldi.
Sariq kartochkaga keladigan bo'lsak, Neymar Luka Modrichni ko'rib, nima qilayotganini bilib turgandi. Futbolchi o'z tirsagini ishga sola turib, mezbonlarning bunday mashhur futbolchisi erkinlikka ega bo'lishga haqqi borligini bilgan. Neymar sariq kartochka bilan siylandi. Bir necha daqiqadan so'ng xorvatlarning himoya markazidagi hatosidan foydalanib, bilyard zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
Penaltini esa Yuichi Nishimura braziliyaliklarga ochilish o'yini uchun minnatdorchilik sifatida sovg'a qildi( to'rt yil oldin Ravshan Ermatov ishonch bilan o'yinni boshqargan bo'lsa, Nishimura uning g'irt aksi bo'ldi). Deyan Lovren Fred bilan bahsda qoidani buzmagan edi. O'yin yakunlanishiga 20 daqiqa qolganda o'yini o'xshamayotgan Neymar penalti qarshisiga keladi va aynan shunday ishonchsizlik bilan to'pga zarba beradi. Ammo u o'z jamoasi kabi kerakli natijaga erishadi , gol uradi va g'alabani taminlaydi.
Etakchi yana nima qilishi kerak? Favorit yana nima qilishi kerak?
Jasur Aslanov tayyorladi

Fikrlar