Kun o'yini. Giggz va Skoulz yana maydonda
09 avg 2014 19:47
Yangiliklar
Kun o'yini. Giggz va Skoulz yana maydonda
Manchesterdagi Ekkls shaharchasida "Solford Siti" jamoasi sohiblari Rayan Giggz, Pol Skoulz, Nikki Batt va aka-uka Nevillar do'stlari bilan yig'ilib, "Klass ‘92" tarkibini tuzishdi va o'zlari boshqarayotgan "Solford Siti" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
Giggz o'z jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushmoqda.
"Klass ‘92" uchun Robbi Sevij, Raymon van der Gouv, Mikael Silvestr kabi nomlar o'ynadi.
Niki Batt yana o'yinda.
O'yin deyarli 12 ming muxlis yig'di, ularning ko'pchiligi o'z kumirlari bilan ko'rishish uchun maydonga yugurib chiqishdi.
Ishqibozlardan biri nafaqat maydonga tushdi, balki darvoza to'siniga osilib oldi.
Rayan Giggz penaltidan chiroyli gol urdi.
Angliyaning 8-divizioni vakili bo'lgan "Solford" yulduzlardan iborat bo'lgan o'z xo'jayinlarini ayab o'tirishmadi va ularni 5:1 hisobida mag'lub etishdi.
Pol Skoulz maydonni shunchaki tark eta olmaydi.
Yulduz bilan selfi qilishga urinish.
Ushbu uchrashuvdan maqsad vaqtni xushchaqchaq o'tkazish bilan birga klub uchun pul yig'ish edi. Yulduz xo'jayinlar o'z oldilariga 15 yildan so'ng "Solford"ni chempionshipga olib chiqishni maqsad qilishgan.
Tolibjon Qosimov tayyorladi
Fikrlar