So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Kun mavzusi. CHiptalarni kim "chayqayapti"? Yangiliklar

Kun mavzusi. CHiptalarni kim "chayqayapti"?

Bu borada 24 soatdan beri yuzlab chiqishlarni o'qidik.

Nima bo'layotganini tushunmayotgan xalq o'z vazifasini bajargan Davron Fayzievni ayblash darajasigacha bordi. Odamlarda norozilik hissi ortib borayotgani tufayli holatga aniqlik kiritishga harakat qilamiz.

1) Nechta chipta chiqarilgan?

Finalga mezbonlik qiladigan "Bunyodkor" stadioni 34 ming tomoshabinga mo'ljallanganini bilasiz. Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv uchun 28 mingta chipta chiqarilgan. Qolgan 6 ming o'rin xavfsizlik xizmati vakillariga ajratilgan. Tirnoq ichidan kir qidiradiganlar uchun bu raqamlar kattadek tuyulishi mumkin. Biroq, Iroq bilan o'yinda yuzaga kelgan voqealar stadionda tartibni saqlash uchun maksimum safarbarlikni talab qilmoqda.

Tomoshabinlar uchun mo'ljallangan 28 ming chiptadan 25 mingi sotuvga chiqarildi. Qolgan 3 mingtasi O'FA va OFKning hamkorlari, martabali mehmonlar, futbolchilarning yaqinlari, mahalliy associaciyalarga taqsimlanadi (Bu amaliyot FIFAda ham, UEFAda ham bor). 

Demak, muxlislar xarid qilishi uchun jami 25 ming chipta sotuvga chiqarilgan...

2) Biletlar qimmatmi?

Final uchun chiptalar sektoriga qarab 25, 50, 100 va 200 ming so'mdan sotuvga chiqarildi. SHundan keyin ochilish uchrashuvi uchun muxlislarni tekinga chorlagan tashkilot yakunlovchi o'yinga kirishni pulli qilib qo'yganidan noliganlar bo'ldi. Bu noto'g'ri qarash. 

Uchrashuvning maqomi va unda mezbon jamoa ishtirok etayotganidan kelib chiqsak, 19 iyun oqshomida stadionda bo'lishni 100 minglab ishqibozlar istashadi. Arenada esa atigi 25 ming joy bor. Agar yana kirish bepul bo'lsa, o'yin startiga yaqin "Bunyodkor" atrofida taxminan o'n minglab tomoshabinlar qolib ketar va tartibsizliklar yuzaga kelar edi. O'FA rahbariyati daromad qilish uchun chiptalarni sotuvga chiqarmadi, aksincha, bu orqali jamoat xavfsizligini saqlash ko'zda tutilgan.

CHipta narxidan noliyotganlarga esa bir narsani elatib o'tamiz. Bu Osiyo kubogi finali va unda bizning jamoa qatnashyapti. Aslida ushbu maqomdagi o'yinlar hozirgi narxdan ancha qimmat hisoblanadi. 

3) CHipta chayqovchilarga tarqatildimi?

Kechadan beri aksar etirozni tug'dirgan savol shu. Bazilarning faraziga ko'ra, O'FA vice-prezidentlari biletlarni qo'lga chiqarish orqali "soqqa qilmoqchi" ekan. Bunday toshlar hatto tashkilot media xizmati rahbarining bog'iga ham otilyapti. SHu o'rinda muxlislardan biroz mulohaza qilishni so'rar edik. 

Birinchidan, siz shubha qilayotgan rahbarlar judayam aqlli insonlar. Eng kamida chiptalarning qo'lga chiqib ketishi ommaviy norozilik paydo qilishini oldindan biladigan darajada. SHu boisdan ham O'FA biletlar sotuvini to'liq "iTicket"ga topshirdi. Ikkinchidan, ularning iqtisodiy ahvoli chiptadan keladigan pulga qarab qolmaganini siz ham bilasiz.


"Bunyodkor" atrofidagi holatni o'rgangan fan-klub faolidan shunday izoh oldik: "Biletlarni hech kim olib-sotarlarga tarqatmagan. Kassada bilet bor edi. SHunchaki, chayqovchilar olg'irlik qilishmoqda. Ular turli yo'llar bilan chiptalarning aksar qismini sotib olishyapti. Norozilik bildirayotganlar esa navbatda qolib ketgan oddiy xalq vakillari".

4) CHiptalar 1 soatda sotildimi?

Tun yarmidan keyin "iTicket" ishlashni boshladi va 1 soatda onlayn chiptalar tugaganini malum qildi.

Saytimiz vakili Jaloliddin Inog'omxo'jaev bu boradagi noroziligi va shubhalarini darhol elon qildi. To'g'ri, 20 ming chiptaning 1 soatda sotilishi fantastika, faqat hamkasbimiz bir narsani ko'zdan qochirgan. "iTicket" chiptalarning atigi 3 mingtasini sayt orqali sotuvga qo'ygan edi. Ularning barchasi qandaydir 60 daqiqa ichida o'z xaridorini topgan.

5) Qolgan biletlar?

3 ming chipta onlayn sotuvga ketganiga ko'ra, 22 mingtasi kassalarda sotilgan bo'lishi kerak. SHu o'rinda kichik xulosa qilsak bo'ladi: Biletlarning qo'lga chiqib ketishida Ermatov, Ahmedov yoki Fayzievning zarracha aloqasi yo'q. Ularga emagan somsasi uchun pul to'latyapsiz (ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lgan skrinlarning barchasi feyk). Bu boradagi barcha savollar "iTicket" manziliga qaratilishi kerak.

Ayni paytda O'FA rahbariyati ham "iTicket"dan norozi bo'ldi. Sayt kassada 10 mingta bilet turgani holda sotuv jarayoni tugagan, deb ko'rsatgani va bu ommada keskin noroziliklar keltirib chiqargani uchun. 

Xullas, ayni paytda ham "Bunyodkor" atrofidagi kassalarda biletlar sotuvi davom etmoqda. CHiptalarni faqatgina o'sha nuqtalardan xarid qilishni maslahat beramiz.

 6) CHayqovchilar yaxshilab "chayqashyapti"

Bu orada final chiptalarini turli yo'llar bilan o'zlashtirayotgan olib-sotarlarning bozori chaqqon. Ular biletlar sotuvini onlayn bozorlarga ham ko'chirishdi. Narxlar orasidagi tafovut esa qo'rqinchili: 25 mingli chipta 300 dan, 100 minglisi 3 mln so'mdan pullanmoqda.

7) Aldanib qolmang!

CHayqovchilar finalga talab kuchliligi va muxlislarning soddaligidan ustalik bilan foydalanyapti. Bazi pastkashlar bitta chiptadan nusxa ko'paytirib, ko'pchilikni aldamoqda. Yani bitta o'rin uchun chiqarilgan chiptani 5-6 kishiga pullab, ertaga o'sha joyda biletning asl nusxasi bilan o'zi o'tiradi. Qalloblarga aldanib qolmang.

So'zimiz oxirida xavfsizlik xizmati xodimlariga murojaat qilib qolamiz. Ertaga nafaqat futbol, butun jamiyatimiz uchun muhim kun. Stadion atrofida va internetda davom etayotgan qallobliklarni maksimum tugatib, o'yin vaqtidagi tartibni saqlab bering. Bizni juda ham og'ir kun kutib turibdi.

VIDEO  "Kassaga chiqmagan biletlar bor" yoxud "Bunyodkor" stadioni yonidagi chipta olib sotarlari bilan suhbatlar 

Muallif :
Reyting: -59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика