Kun fotosi: Gochguliev va Kapadze
04 fev 2017 08:47
Yangiliklar
Kun fotosi: Gochguliev va Kapadze
Turkmaniston klubi safida o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Gochguli Gochguliev faoliyat olib bormoqda. Kecha u bilan birga o'ynagan Temur Kapadze esdalik uchun suratga tushdi.
Gochguliev 2014 yildan buyon "Oltin Asr" klubida katta murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda. Himoyachi 2002-2005 yillarda "Paxtakor" sharafini himoya qilgan. 2007-2010 yillarda esa Toshkentning boshqa bir klubi "Bunyodkor"da o'ynagan.
Gochguliev O'zbekistondagi faoliyati davomida 7 karra O'zbekiston chempioni, 6 karra O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan. 3 marta OCHL yarim finaliga qadar etib borgan. 2002 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida Aleksandr Geynrixdan keyingi ikkinchi o'rinni band etgan.
foto: "Lokomotiv" matbuot xizmati
Fikrlar