Kuman “SHtutgart” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: “Biz to'g'ri yo'ldamiz”
01 avg 2021 08:02
Yangiliklar
Kuman “SHtutgart” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: “Biz to'g'ri yo'ldamiz”
“Kuchli jamoaga qarshi alo darajada o'yin ko'rsata oldik. Ushbu o'yin biz to'g'ri yo'lda ekanligimizga isbot bo'la oladi. Biz jismoniy holatimizni yanada maromiga etkazish uchun qattiq ishlashimiz lozim.
O'yinda ko'pgina jihatlar bo'yicha yigitlar o'z ishining ustasi ekanligini ko'rsata olishdi. Futbolchilarning g'alaba bo'lgan ishonchi, o'z ishiga bo'lgan munosabati muhim edi. Biz yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi, vaziyatlar ham etarlicha tashkil etildi.
Memfis Depay gollar ura olishini o'tgan o'yinda ham, bu o'yinda ham ko'rsata oldi. U o'z kuchi va tezligi evaziga bizga hali juda asqotadi. Uning Grizmann bilan bir birini tushunib to'p tepishi ham tahsinga sazovor. Bu futbolchilar bir nechta poziciyada bemalol to'p tepa olishadi. Jamoa uchun raqobat nihoyatda zarur.
Albatta safimizda bular bilan birga Aguero, Messi ham bo'lishadi. Ular tez orada jamoa bilan birga bo'lishadi. Hujumda mahorat, rang baranglik biz uchun judayam muhim”, dedi Kuman.
Fikrlar