Kuman: "Gollandiya endi eng zo'rlardan biri emas"
26 mar 2018 21:57
Yangiliklar
Kuman: "Gollandiya endi eng zo'rlardan biri emas"
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Portugaliyaga qarshi bugungi o'rtoqlik o'yinidan oldin fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, gollandlar yaqindagina Angliyaga imkoniyatni boy berishgan edi. O'sha bahsda yagona to'pni inglizlar vakili Jessi Lingard kiritgan edi.
"Ko'rinib turibdi, Gollandiya terma jamoasi endi eng zo'rlardan biri emas. Biz yuqoriga ko'tarilish uchun yangi yo'l qidirishimiz kerak. Biz hozirning o'zidayoq boshqacha sxemada o'ynayapmiz. Men portugallar bilan o'yin biz uchun Angliyaga qarshi bahsdan yaxshiroq bo'ladi deb o'ylayapman", - dedi Kuman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar