Kuman: “Fatining o'yinini alohida ajratib ko'rsatish lozim”
28 sen 2020 09:50
Yangiliklar
Kuman: “Fatining o'yinini alohida ajratib ko'rsatish lozim”
“Barselona” ustozi La Liga doirasida “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Fatining o'yinini alohida ajratib ko'rsatish lozim. Uning uchun juda ham xursandman. U endigina 17 yosh ekanligini va juda ko'p narsalarda o'sishi kerakligini bilarmiz. U barqaror bo'lishi kerak. Bazan unga muvozanatni bir maromda ushlash etishmaymdi. “Elche”ga qarshi bahsda bu galgidek o'ynay olmagandi. Fati juda yaxshi o'yin o'tkazadi. U va Pedri uchun xursandman, ularni yorqin kelajak kutmoqda. Grizmann Messi bilan poziciyalarini almashtirishi mumkin. Bu raqibning o'yinini murakkablashtiradi. O'yindan qoniqdim”, — deydi Kuman.
Fikrlar