Kuman “Barselona” uchun Niderlandiya termasidan ketishga tayyor
16 avg 2020 19:50
Yangiliklar
Kuman “Barselona” uchun Niderlandiya termasidan ketishga tayyor
Bu haqda Mundo Deportivo xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Niderlandiya TJ ustozi Ronald Kuman “Barselona”ni boshqarish uchun o'z lavozimidan ketishga tayyor. La liga va CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng kataloniyaliklar rahbariyati Kike Setenni istefoga chiqarishi kutilmoqda.
Avvalroq, Kuman Niderlandiya termasi bilan kelishuvi borligi tufayli “ko'kanorranglilar”ni boshqarolmasligini bir necha bor aytgandi, ammo endi u fikridan qaytdi va jamoani qabul qilib olish uchun yaxshi imkoniyat bor deb hisoblamoqda.
SHuningdek, Setenning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar orasida Maurisio Pochettino, Massimiliano Allegri va Terri Anrining nomlari ham bor.
Fikrlar