Kuman “Barselona” uchun Niderlandiya termasidan ketishga tayyor

Eldor Akmurzayev
16 avg 2020, 19:50
Bu haqda Mundo Deportivo xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Niderlandiya TJ ustozi Ronald Kuman “Barselona”ni boshqarish uchun o'z lavozimidan ketishga tayyor. La liga va Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng kataloniyaliklar rahbariyati Kike Setenni iste'foga chiqarishi kutilmoqda.

Avvalroq, Kuman Niderlandiya termasi bilan kelishuvi borligi tufayli “ko'kanorranglilar”ni boshqarolmasligini bir necha bor aytgandi, ammo endi u fikridan qaytdi va jamoani qabul qilib olish uchun yaxshi imkoniyat bor deb hisoblamoqda.

Shuningdek, Setenning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar orasida Maurisio Pochettino, Massimiliano Allegri va Terri Anrining nomlari ham bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo