Kulayotgan SHkvirin
17 avg 2021 17:30
Yangiliklar
Superliga debyutanti mavsumni omadsiz boshlagandi. Xususan muxlislar jamoaning ilk g'alabasini 12 tur kutishdi. "Turon" chempionatdagi dastlabki g'alabasini 12-turda "Metallurg" bilan o'yinda qo'lga kiritdi.
Ilk g'alaba tajribali murabbiy Igor SHkvirin davrida ro'y berdi. Oldingi murabbiylar qo'l ostida yaypanliklar g'alaba qozona olmayotgandi. Futbolda tajribada gap katta. Igor Anatolevichda yillab yig'ilgan tajriba bor, shu bois jamoani qanday tayyorlashni biladi.
Bu murabbiy qo'l ostida "Turon" 5ta o'yin o'tkazib, umuman mag'lub bo'lmadi. Ikki bor g'alaba qozonib, uchta durang qayd etdi. "Turon" "Metallurg" bilan "So'g'diyona"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Mashal", "Andijon" va "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi. Bunda esa albatta SHkvirinning qo'shgan hissasi katta.
"Turon"ning ayniqsa o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etishi kutilmagan voqea bo'ldi. CHunki jizzaxliklar bungacha safarda faqat bir marta ("Nasaf" bilan o'yinda) mag'lub bo'lishgandi.
Fikrlar