Kuchlilar aniqlanmoqda

Narzulla Saydullayev
5 noya 2014, 11:27
Qarshi shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari futbol maktablari va tayyorlov guruhlari o'rtasidagi 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi final bosqichi musobaqalariga start berildi.
1998-99 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan sakkiz jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishdi.  “A”guruhida ilk uchrashuvda “Nasaf” futbol maktabining 1999 yilda  tug'ilgan tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan “Alangan” jamoasi “Olmaliq” futbolchilarini 5:3 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Buxoro” – “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvida toshkentlik futbolchilarning qo'llari baland keldi – 1:3. 

“V” guruhidan o'rin olgan “Neftchi” va “Paxtakor” jamoalari to'qnashuvi ancha shiddatli ko'rinish oldi. Uchrashuv davomida yosh “paxtakor”chilar bir emas, ikki marta 11 metrlik jarima zarbalarini golga aylantira olmagan bo'lishsa, o'yin so'nggida farg'onalik yoshlar poytaxtlik futbolchilar darvozasini ishg'ol etib, g'alabani ilib ketishdi. “Neftchi”- “Paxtakor” 1:0.  Maydon egalari “Nasaf” futbol maktabi jamoasi esa guruhdagi ilk raqibi “Navbahor” futbolchilariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi – 5:1.

Jamoamizga g'alaba keltirgan gollarga Jahongir Qurbonboev, Ilhom Alijonov, Davron To'raev va Islom Kenjaboev (2 ta) mualliflik qilishdi.  5 noyabr kuni guruhlarda ikkinchi tur bellashuvlari o'tkaziladi.  “A” guruhi  Soat 10:00  “Buxoro” – “Alanga” Soat 10:00  “Bunyodkor” – “Olmaliq”  “V” guruhi.  Soat 12:30.  “Neftchi” – “Nasaf” Soat 12:30  “Paxtakor” – “Navbahor”  Barcha uchrashuvlar”Nasaf” futbol maktabiga qarashli sun'iy va tabiiy qoplamali futbol maydonlarida o'tkazilmoqda. 

Musobaqaning ilk kunidan olingan fotosuratlarni quyidagi manzilda tomosha qilishingiz mumkin: fotogalereya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz