So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  1 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  5 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  60 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Kuchli futbolchi tarbiyalashda qanchalik yaxshimiz? Yangiliklar

Kuchli futbolchi tarbiyalashda qanchalik yaxshimiz?

O'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempionatlarida ishtirok etish oxirgi paytlarda biz uchun deyarli ananaga aylanib ulgurdi.
Avval buni katta muvaffaqiyat deb baholardik. Keyin esa o'smirlar yoki yoshlar termasi jahon chempioni bo'lgan taqdirda ham undagi futbolchilar terma jamoaga yuqori saviyada etib bormasa, maqtanishga arzimaydigan natija ekanligini bilib oldik. Yil yakunlanib borayotgan bir pallada yana bir bor o'smirlar va yoshlar terma jamoalari safida o'ynagan futbolchilardan kimlar o'z saviyamizda yaxshiroq o'ynayotganini tahlil qilib o'tishga qaror qildik. SHuningdek, ayni paytda Evropada kuchli beshlik chempionatlarida o'ynayotgan osiyolik o'yinchilarni ko'proq qaysi mamlakatlar tarbiyalab berayotganini ko'rib chiqamiz.

Buning uchun o'zimiz qatnashgan bir necha jahon chempionatlariga murojaat qildik. 2009 yildan boshlab etibor qilganimizda so'nggi 5 yilda kichik mundiallarda qatnashgan futbolchilardan allaqanchasi yuqori saviyali futbolchilar bo'lib etishibdi. Yana ko'pi o'rtacha saviyada Evropa klublarida to'p tepib kelmoqda. 2011 yil Meksika yashil maydonlarida o'smirlar mundialida qatnashgan futbolchilardan bugun PSV tarkibida o'ynayotgan Karim Rekik, Jetro Uilyams, Memfis Depay va Natan Eykni yaxshi bilamiz. Depay kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynab, gol urish va bronza medalini qo'lga kiritishga ulgurdi. Argentinalik Lukas Okampos “Monako” bilan yangi cho'qqilar sari intilishda davom etyapti. Kurt Zuma “CHelsi”, Emerik Laport “Atletik”, Markinos PSJ, Rahim Sterling va Emre Jan “Liverpul”, Lukas Piazon “Ayntraxt” hamda Viktor Fisher “Ayaks” tarkibidagi o'yinlari bilan ko'pchilikning etiboriga tushib bo'ldi. Bizdan esa o'sha chempionatda o'ynaganlardan oliy liganing asosiy tarkibida Sardor Rahmonov, Abbos Maxsitaliev, Sardor Sobirxo'jaev, Javlon Mirabdullaev, Jasur Hakimov va Zabixillo O'rinboev o'ynab kelyapti.

2013 yil BAAda maydonga tushganlardan Alan Xalilovich “Barselona”, Boyan Knejevich “Dinamo” Zagreb va Simone Skuffet “Udineze” tarkibida o'zlarini yorqin kelajak kutayotganini isbotlashga tushishdi. Bizning o'smirlardan Akrom Komilov, Odil Hamrobekov, Jamshid Boltaboev, Doston Hamdamov oliy ligada o'z jamoalari safida maydonga tushib ko'rishdi.

Yoshlarimiz bilan bir mundialda ishtirok etib, yulduzga aylangan futbolchilar ham talaygina topiladi. 2009 yil Misrda Sezar Aspilikueta (“CHelsi”), Xordi Alba (“Barselona”), Oskar de Markos (“Atletik”), Andre Errera (MYU), Kike (“Atletiko”), Stiv va Lars Bender (“Bayer” va “Borussiya”), Andre Ayyu (“Marsel”), Ramires (“CHelsi”), Duglas (“Barselona”), Aleks Teysheyra va Duglas Kosta (“SHaxtyor”) kabi futbolchilar Evrokuboklarda ham nimadir ishni qoyillatib ulgurishdi. Yoshlarimizdan esa ayni paytda terma jamoaga faqat Fozid Musaev va Islom To'xtaxo'jaev chaqirib kelinmoqda.



2011 yil yoshlarimiz jahon chempionatiga bormagandi. O'sha mundialda porlaganlardan Duvan Zapata “Napoli”, Xames Rodriges “Real”, Muriel “Udineze”,  Klemen Grene “Lion”, Antuan Grizmann “Atletiko”, Aleksandre Lakazett “Lion”, Joel Kempbell “Arsenal”, Mark Bartra “Barselona”, Isko “Real”, Koke “Atletiko”, Ahmad Musa CSKA, Kazemiro “Portu”, Felipe Koutino “Liverpul”, Oskar va Muhammad Saloh “CHelsi”, Andreas Veymann “Aston Villa”, Roberto Pereyra “Yuventus”, Erik Lamela “Tottenxem” va Xuan Iturbe “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu o'yinchilarning barchasi terma jamoa o'ynab, Evrokuboklarda ishtirok etish tajribasiga ham ega bo'lib ulgurishibdi.
2013 yil Turkiyada yoshlarimiz chorak finalgacha etib borib, unda Franciyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Francuzlarning o'sha tarkibidan Kurt Zuma “CHelsi”, Samuel Umtiti “Lion”, Pol Pogba “Yuventus”, Jeffri Kondogbia “Monako”, Yaya Sanogo “Arsenal”, Jan Kristof Baebek PSJ, Lukas Din PSJ va Florin Toven “Marsel” safida o'ynab kelyapti. Ular allaqachon yanada yuqori saviyaga chiqishlari mumkinligini ko'rsatishdi. Ularning barchasini hozirgi jamoalaridan sotib olishga tayyor turgan klublari soni etarlicha topiladi. Zuma 15, Pogba 70, Konbogdia 25, Sanogo 10, Baebek 10, Din 15 va Toven 25 million evro atrofida baholanmoqda. Yoshlar terma jamoasidan milliy terma jamoa va umuman futbolga o'yinchi etishtirib berish shunday bo'ladi. O'tgan yozda Turkiyada to'p tepganlardan  Pako Alkaser (“Valensiya”), Xese Rodriges (“Real”), Xuan Bernat (“Bavariya”), Denis Suares (“Sevilya”),  Deulofeu (“Sevilya”), Xuan Kintero (“Portu”), Hoqon CHolxono'g'li (“Bayer”), Jon Flenegen (“Liverpul”), Xarri Keyn (“Tottenxem”), Nikolas Lopes (“Verona”) kabi futbolchilar yuqori saviyali chempionatlarda ishonch bilan o'ynab kelishmoqda. Ularning iqtidor bilan birgalikda mehnatdan qochmasligini alohida takidlab o'tish joiz. Bizdan Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev va Sardor Sobirxo'jaev klubida asosiy tarkibdan to'liq o'rin oldi. Dastlabki uch o'yinchi milliy terma jamoaga taklif etilmoqda. Qolganlar esa hali oliy ligada asosiy tarkib futbolchisiga aylanishni uddalay olganicha yo'q. Ushbu solishtirishlarni kimdan qanday futbolchi milliy terma jamoa darajasiga ko'tarilganini aniqlash uchun keltirib o'tdik. Yana ko'plab o'yinchilar etakchi klublarda o'ynamasa-da, milliy terma jamoalariga nomzod bo'lishni uddalab bo'lishgan. Bizda hamon yoshlar futbolidan katta futbolga ko'chib o'tishda murabbiy va futbolchilar oltin oraliqni topa olishmayapti.

Tabiiyki, kuchli futbolchilar ko'p etishib chiqmayotgani va boshqa muammolar tufayli (ular ancha ko'p) biz ko'p tomosha qiladigan Evropaning kuchli chempionatlarida biror o'yinchimiz paydo bo'lmayapti. Hozircha birgina Ilyos Zeytullaevdan tashqari biror futbolchimiz kuchli beshlik yuqori ligalarida maydonga tushmagan. Ilyos ham 2 bellashuvda o'ynagan xolos. Oqibatda faqat Osiyoning boshqa davlatlaridan borib to'p tepayotgan futbolchilarning harakatlarini havas bilan kuzatyapmiz.

Germaniyada hozir 11 nafar yaponiyalik, 5 koreyalik va 2 avstraliyalik futbolchilar o'ynayapti. Albatta, yapon va koreyslarga havas qilmay boshqa ilojimiz yo'q. Kagava, Okazaki, Uchida, Son Xyon Min singari o'yinchilar bundesliga etakchilariga aylanib ulgurishdi. Yaponiya bundesliganing o'zida o'ynaydigan futbolchilardan bemalol terma jamoaning bir tarkibini tuzib chiqish imkoniyatiga ega.



Germaniya bundesligasi
Avstraliya (2): Mate Langerak “Borussiya” D, Robbi Kruz “Bayer”.
Yaponiya (11): Genki Xaraguchi “Gerta”, Makoto Xasebe “Ayntraxt”, Xajime Xosogai “Gerta”, Takashi Inui “Ayntraxt”, SHinji Kagava “Borussiya” D, Xiroshi Kiyotake “Gannover”, SHinji Okazaki “Maync”, Yuya Osako “Kyoln”, Gotoki Sakai “SHtutgart”, Xiroki Sakai “Gannover”, Acuta Uchida “SHalke”.
Janubiy Koreya (5): Xon Jyon Xo “Augsburg”, Kim Jin Su “Xoffenxaym”, Ku Ja CHol “Maync”,  Park Ju Xu “Maync”, Son Xyon Min “Bayer”.

Italiyada osiyolik futbolchilar ko'p emas. Avstraliyalik Brilliant “Fiorentina” zaxirasida qolib ketayotgan bo'lsa, Xonda va Nagatomo Milan shahri jamoalarining ishongan o'yinchilariga aylanib ulgurishgan. Xonda ham asta-sekinlik bilan o'zini ko'rsatishni boshladi. Nagatomoga esa “Inter”ning sardorlik bog'ichi ishonib topshirilyapti.

Italiya “A” seriyasi
Avstraliya (1): Mark Brilliant “Fiorentina”.
Yaponiya (2): Keysuke Xonda “Milan”, Yuto Nagatomo “Inter”.
Ispaniyada faqat 2 nafar osiyolik futbolchi faoliyat ko'rsatmoqda. Yaponiyalik Miki Xavenaar “Kordoba”, tailandlik Tirasil Dangda “Almeriya” sharafini himoya qilmoqda. Bu jamoalar  ligada autsayderlardan sanaladi, lekin ular safida o'ynash ham oson ish emas. Ayniqsa, tailandlik futbolchi allaqachon Ispaniya chempionatini zabt etgani tahsinga loyiq. Bejizga klublarimiz Tailand jamoalari bilan Osiyo klublar musobaqalarida to'qnash kelganda katta qiyinchilikka duch kelishmayapti.

Ispaniya la ligasi
Yaponiya (1): Miki Xavenaar “Kordoba”.
Tailand: Tirasil Dangda “Almeriya”.
APLda Avstraliyadan 3, Yaponiyadan 1 va Janubiy Koreyadan 2 nafar legioner faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ularning barchasi o'zidan yaxshi taassurot qoldiryapti deb aytsa bo'ladi. Muhim gollar urib, grandlarning mag'lubiyatga uchrashiga sabab bo'layotganlari ham topiladi. Franciya chempionatida qitamizdan biror o'yinchi uchramaydi. Gollandiyada Avstraliyadan 6 va Yaponiyadan 1 nafar futbolchi o'ynab kelmoqda.



Angliya premer-ligasi
Avstraliya (3): Jeyson Devidson “Vest Bromvich”, Mayl Jedinak “Kristal Pelas”, Kris Xyord “Aston Villa”.
Yaponiya (1): Maya Yoshida “Sautgempton”.
Janubiy Koreya (2): Ki Sun Yun “Suonsi”, Yun Suk Yon KPR.

Kuchli beshlikdagi legionerlari soni bo'yicha Yaponiya yaqqol ustun. 15 nafar futbolchi kuchli beshlikning o'zida faoliyat ko'rsatyapti. SHuningdek, boshqa mamlakatlarda to'p tepayotgan bir qator futbolchilar topiladi. Janubiy Koreyadan 7, Avstraliyadan 6 nafar o'yinchining harakatlarini kuchli beshlik chempionatlarida kuzatib borish imkoniyatiga egamiz.

Afsuski, bizda o'smirlar va yoshlarni katta futbolga ko'nikishida, ularga imkoniyat berish, futbolchini texnik va jismoniy tarafdan o'stirib borishda katta muammolar ko'zga tashlanyapti. 2014 yilgi mavsumda yoshlarga asosiy tarkibdan joy berish bo'yicha “Paxtakor” va “Bunyodkor” boshqalardan salmoqliroq ko'rsatkich qayd etdi. “Bunyodkor” buyog'iga ham akademiya tarbiyalanuvchilariga imkoniyat berish orqali jamoani shakllantirishini Sergey Lushan O'zbekiston Kubogi finalidan keyin malum qildi. “Paxtakor” allaqachon shu yo'lni tanlab bo'lgan. Yoshlarga ko'proq imkoniyat berilsagina ularning saviyasi oshib, kelajakda kuchliroq chempionatlarga yo'l olishi mumkin. Aks holda, hozirgidek holatda qolib ketaveramiz.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика