So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Kuchli-beshlikdagi eng qo'pol jamoalar va ligalar Yangiliklar

Kuchli-beshlikdagi eng qo'pol jamoalar va ligalar

Evropaning kuchli-beshlikdagi eng ko'p ogohlantirish va qizil kartochkalarga loyiq ko'rilgan jamoalar va ligalarning statistikalari bilan tanishing.


Ispaniya La Ligasi - "Granada" (127 sariq kartochka va 7ta qizil kartochka)

- "Granada" nafaqat La Ligada, balki kuchli beshlikdagi eng ko'p qoida buzadigan jamoa sanaladi. Ular joriy mavsumda hakam tomonidan eng ko'p jazoga loyiq ko'rilgan jamoa sifatida peshadamlik qilishmoqda.

Italiya A Seriyasi - "Atalanta" (95ta sariq kartochka va 14ta qizil kartochka)

- Italiya chempionatidagi eng ko'p qo'pollik ishlatgan jamoa sifatida "Atalanta" qayd etilgan. Ushbu jamoa futbolchilari 35 o'yinda 95 marotaba hakam tomonidan ogohlantirilgan va 14 bor qizil kartochka ishlab olishgan.

Franciya 1 divizioni
- "Ayachcho" (90ta sariq kartochka va 6ta qizil kartochka)

- Franciya chempionati ham ancha qo'pol ligalar qatorida bormoqda. Bu chempionatda ham keskin kurashlarga boy uchrashuvlar ko'p. Diviziondagi eng qo'pol jamoa "Ayachcho" bo'lib turibdi. Ular hozirga qadar hakam tomonidan 96 marotaba kartochkalarga munosib deb topilgan.

Germaniya Bundesligasi - "Ayntraxt" (87ta sariq kartochka va 3ta qizil kartochka)

- Bundesliga texnikali va ancha intizomli futboli orqali boshqa ligalardan farq qiladi. Germaniya chempionatidagi eng ko'p qoida buzadigan va hakamlarni cho'ntagini kovlashga majbur qiladigan klub bu "Ayntraxt". Bu jamoa 87 marotaba sariq kartochka va 3 bor qizil kartochka bilan siylangan.

Angliya premer ligasi - "Uotford" (70ta sariq kartochka va 3ta qizil kartochka)

- Kuchli-beshlikdagi o'z chempionatlaridagi  eng qo'pol jamoalar ichida "Uotford" so'nggi pog'onani egallab turibdi. Ushbu jamoa APLdagi eng qo'pol klub bo'lsada, qolgan ligalardagi peshqadamlar orasida autsayder sanaladi. "Uotford" premer liga bahslarida jami 73 marotaba hakamlarning "jig'iga" tekkan.


Eng qo'pol ligalar

1. La Liga (1931ta ogohlantirish va 98 chetlatish)

2. Italiya A Seriyasi (1773 ogohlantirish va 116 chetlatish )

3. Franciya 1 divizioni (1363 ogohlantirish va 113 chetlatish)

4. Angliya premer ligasi (1103 ogohlantirish va 59 chetlatish)

5. Bundesliga (1082 ogohlantirish va 37 chetlatish)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика