So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  26 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

Kuchli-beshlik: Tur tahlili, ramziy terma jamoa, eng ko'p tomoshabinlar qaysi ligada? Yangiliklar

Kuchli-beshlik: Tur tahlili, ramziy terma jamoa, eng ko'p tomoshabinlar qaysi ligada?

Kuchli-beshlik chempionatlarida kecha tur o'yinlari yakunlandi.

Franciya 1 divizioni, Angliya premer ligasi, Italiya A Seriyasi, Bundesliga va Ispaniya primerosida ham peshqadam jamoa o'zgarmadi.

APL, 8-tur tahlili
Turni dastlabki va markaziy o'yini Mersisaydda bo'lib o'tdi. "Enfild"da mehmon bo'lgan turnir peshqadamlaridan biri "Manchester Yunayted" "Liverpul" bilan kuch sinashdi. Yurgen Klopp shogirdlarining katta ustunligi ostida o'tgan bahsda mezbonlar Mourinyu tarafidan qo'yilgan "avtobus"ni joyidan siljita olishmadi.
Natijada tablodagi hisob o'zgarmadi, "Liverpul" ikki ochko yo'qotgan bo'lsa, Mourinyu "avtobus" bilan Mersisayddan Manchesterga bir ochkoni qo'lga kiritgan holda jo'nadi.
Turni sensacion natijasini Londonning janubida qayd etildi.
CHempionatda 7 turdan buyon g'alaba tugul gol ura olmayotgan "Kristal Pelas", bu safar kutilmaganda nafaqat "CHelsi" darvozasini ishg'ol qildi, balki ularni mag'lubiyatga uchratishni ham uddaladi. SHu tariqa "Kristal Pelas" jamoasi joriy mavsumdagi o'zining ilk g'alabasini tantana qildi.
"CHelsi" esa ushbu mag'lubiyatdan keyin turnir jadvalining 5-pog'onasiga tushib ketdi.

Peshqadam "Manchester Siti" esa bu turda "Stok Siti" bilan to'qnash keldi. Mark Xyuz jamoasi "shaharliklar" darvozasini ikk bor "o'qqa" tutishgan bo'lsa, Gvardiola boshchiligidagi "Siti" esa "Stok Siti"ga istaganicha, yani 7ta gol urdi.
London shahri vakili "Tottenxem" birgina gol evaziga "Bornmut" qarshiligini engishga muvaffaq bo'ldi.

Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal" esa safarda "Uotford" tomonidan taslim etildi. Bu mag'lubiyat "Arsenal" uchun joriy mavsumdagi uchinchisi bo'ldi. "Uotford" esa "Arsenal"ni mag'lub etganidan keyin ochkolar sonini 15taga etkazdi va turnir jadvalining kuchli to'rttaligiga kirdi.

Xavfli hududda esa o'sha eski uchtalik: "Kristal Pelas", "Bornmut" hamda "Lester Siti".

Bugun tunda turning oxirgi uchrashuvida "Lester" jamoasi "Vest Bromvich"ni qabul qiladi.


APL to'purarlar poygasida Romelu Lukaku yakka peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Lukaku garchi ushbu turda gol urmagan bo'lsada, 7ta gol bilan karvonboshchilikni o'z qo'lida saqlab turibdi. Unga katta raqobat tug'dirayotgan Alvaro Morata, Gabriel Jesus, Garri Keyn, Serxio Aguero hamda Raxim Sterling hisobida 6tadan gol mavjud.

Eng yaxshi assistent esa "Siti" azosi David Silva (6ta) bo'lib turibdi.


La Liga, 8-tur tahlili
Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Madridda o'tkazildi. CHempionatni yo'qotishlarsiz o'tkazayotgan "Barselona" Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" mehmoni bo'ldi. Murosasiz o'tgan o'yinda har ikkala jamoa bittadan gol urdi va yakunda g'olib nomi aniqlanmadi. "Atletiko" "Barselona"ning 7 o'yinlik g'alabali seriyasiga barham berishga erishdi. Ammo bu durang "Barselona"ni turnir jadvalidagi holatiga tasir o'tkazgani yo'q. "Atletiko" esa bu durangdan keyin kuchli uchtalikka o'rnini "Real"ga bo'shatib berdi.

La Ligani ko'ngildagidek boshlay olmagan amaldagi chempion "Real" esa "Getafe"ga safar uyushtirdi. Qiyin o'tgan bellashuvda "Real" o'yinning oxirgi daqiqalarida g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Benzemaning goliga javob tariqasida urilgan Molinaning to'pi "Getafe"ga muhim bir ochkoni taqdim etishga yaqin qolganida, Ronaldu joriy mavsum La Ligadagi o'zining ilk golini urishga erishdi. Bu gol esa "Real" o'ta muhim va zarur g'alabani taqdim etdi.

Ispaniya chempionatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Valensiya" esa "Betis" maydonida mezbonlar darvozasini 6ta gol kiritdi. "Betis" esa ularning oltita goliga 3ta bilan javob qaytardi. Bu g'alabadan keyin "Valensiya" turnir jadvalidagi 2-o'rnini yanada mustahkamladi.


La Liganing to'purarlar bahsida "Barselona" etakchisi Lionel Messi 11ta gol bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Unga eng yaqin raqobatchilar "Vilyarreal" hujumchisi Sedrik Bakambu hamda "Valensiya" futbolchisi Simone Dzadza. Ushbu hujumchilar aktivida 7tadan gol mavjud.

"Betis" azosi Andres Guardado chempionatning eng yaxshi assistenti (6) bo'lib turibdi.



A Seriya, 8-tur tahlili
Italiya chempionatining ushbu turida barcha grand jamoalar o'zaro to'qnash kelishdi.
"Yuventus" o'z uyida "Lacio"ni, "Roma" "Napoli"ni hamda "Inter" esa "Milan"ni qabul qildi.


Etakchilarning o'zaro qarama-qarshiligi ostida o'tgan tur ancha qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi.

Simone Inzagi boshchiligidagi "Lacio" "Yuventus"ni yana bir bor ranjitdi. Bundan avval Italiya superkubogida "Yuve"ni dog'da qoldirgan "Lacio", chempionat uchrashuvida ham bu ishni takrorladi.
"Yuventus" o'z uyida ikki yildan buyon mag'lubiyatga uchramay kelayotgani ham "Lacio"ga to'sqinlik qilmadi. CHiro Immobilening dubli hamda uchrashuvning so'nggi daqiqasida belgilangan penaltini bartaraf etgan SHtrakoshaning qahramonligi yakunda rimliklarni poytaxtga yaxshi kayfiyat bilan qaytishlariga zamin yaratdi. Ushbu g'alabadan keyin "Lacio" ochkolar soni bo'yicha "Yuventus"ga etib oldi va turnir jadvalida 3-4 o'rinni birga bo'lishib turishibdi.
Bu esa "Napoli"ga qo'l keldi. Mauricio Sarri boshqaruvidagi neapolliklar Rimga, "Roma" bilan kuch sinashish uchun safar qilishdi va Insinening yagona goli evaziga muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. "Napoli" shu tariqa chempionatning ketma-ket 8 o'yinida g'alaba qozongan holda o'z peshqadamligini yanada mustahkamladi.


Yana bir muhim va markaziy bahs yakshanba kuni Milanda bo'ldi. Katta derbi maqomidagi bu bahsda nominal mezbon "Inter" edi. Luchano Spaletti boshqaruvidagi "neradzurrilar" "Milan"ning ko'rsatgan qarshiligiga Ikardining uchta goli bilan javob berishdi. "Milan" safidan esa Suso va Bonaventura "Inter" darvozasiga qulfga "kalit"ni topishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo bu yakunda mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun ham etarli bo'lmadi.
"Inter" derbidagi g'alabasi tufayli turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tirilib oldi. Ular peshqadam "Napoli"dan 2 ochkoga ortda qolishmoqda.

Italiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan oxirgi o'yin bugun tunda, "Verona" - "Benevento" o'rtasida kechadi.

A Seriya to'purarlar poygasida CHiro Immobile birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Yuventus" darvozasini ikki bor ishg'ol etgan hujumchi gollari sonini 11taga etkazib yakka peshqadamga aylandi.
Dibala hisobida esa 10 ta gol mavjud. "Milan"ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan Ikardi esa 9ta gol bilan Immobile va Dibalani quvishda davom etmoqda.
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich esa 5ta golga hammualliflik qilgan holda eng yaxshi assistent bo'lib turibdi.


Bundesliga, 8-tur tahlili
Germaniya chempionatida ushbu turda barchaning diqqat-etibori Dortmundga qaratilgandi. "Signal Iduna Park"da chempionat peshqadami "Borussiya" Dortmund hamda "Leypcig" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Bundesligada hali mag'lubiyatga uchramay kelayotgan Peter Boshsh jamoasi "Leypcig" qarshiligi oldida ojiz qolishdi. "Borussiya"ni Dortmundda, "Signal Iduna Park"da taslim etishni barcha ham uddalay olmaydi. Ammo bu ishni Ralf Xazzenxyuttl shogirdlari uddalashdi. Keskin kurashlarga boy va ancha asabiy ruhda o'tgan bahsda hakam 6ta sariq kartochka va 2ta qizil kartochkani ko'rsatishga majbur bo'ldi. Jami beshta gol urilgan bellashuvda Obameyang dubl qayd etdi. Ammo bu gollar "Borussiya"ni mag'lubiyatdan qutilib qolishiga ham yordam bera olmadi. Marsel Zabicer, Yussuf Poulsen hamda Augustin kiritgan gollar Dortmundni chempionatdagi ilk mag'lubiyatini tan olishiga majbur qildi.
Bu g'alabadan keyin "Leypcig" turnir jadvalida yana kuchli uchtalikka o'rnashib oldi.
"Borussiya" Dortmund esa Peter Boshsh qo'l ostidagi ichki chempionatda ilk bor mag'lubiyatga uchradi.

Yupp Xaynkesni nafaqadan qaytargan "Bavariya" esa yangi-eski murabbiyi qo'l ostida ajoyib o'yin o'tkazdi. "Frayburg"ni mehmon qilgan myunxenliklar raqiblari darvozasiga javobsiz beshta gol kiritishdi. Yuppning qaytishi va yirik hisobdagi g'alabadan keyin "Bavariya"ning to'plagan ochkolari 17taga etdi va "Borussiya"dan 2 ochko kam jamg'argan holda ikkinchi o'rinni band etib turishibdi.

Yana bir etiborga molik o'yin Leverkuzenda o'tkazildi. "Bayer" hamda "Volfsburg" o'rtasida kechgan bahs ancha murosasiz va teng kurashlar ostida o'tdi. Natija ham o'yinga mos tarzda bo'ldi. Ikki marta hisobda orqada borayotgan "bo'rilar" har ikkala safar ham vaziyatni tenglashtirishga erishishdi va uyga bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.
Martin SHmidt jamoaga kelganidan keyin jamoa qatorasiga ketma-ket to'rtinchi bor durang natija qayd etdi.
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi esa Bremenda "Verder" jamoasi qarshiligini ortiqcha qiyinchiliksiz engishga muvaffaq bo'lishdi.
Turnir jadvalida kuchli to'rttalikni yakunlab turgan "Xoffenxaym" esa o'z uyida "Augsburg" bilan murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'ldi.

Xavfli hududdagi o'sha eski uch jamoa o'rni hali almashgani yo'q. "Kyoln", "Frayburg" hamda "Verder" jamoalari elitada jon saqlab qolish uchun kurashishda davom etishmoqda.


To'purarlar bahsida Per-Emerik Obameyang 10ta gol bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin raqobatchisi Robert Levandovski esa 9ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.


Levin Oznutali hamda Filipp Maks esa 4tadan golli uzatmani amalga oshirgan holda eng yaxshi assistentlar bo'lib turishibdi.


Franciya 1 divizioni, 9-tur tahlili
Turning markaziy o'yini Lionda bo'lib o'tdi. "Lion" hamda "Monako" qarama-qarshiligida o'tgan bellashuvda maydon egalari qiyin g'alabani qo'lga kiritishdi. Dastlab "Lion" o'yinda hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay "Monako" hisobni tenglashtirdi. Ammo ko'p o'tmay "Lion" yana vaziyatni o'z tomoniga og'dirdi va Fekirning goli evaziga tablodagi hisob "Lion" foydasiga o'zgardi. Biroq Adama Traore tanaffusga yaqin muvozanatni tikladi. Birinchi bo'limda tomoshabinlar jami 4ta gol guvohiga aylanishgan bo'lsa, ikkinchi taym birinchisi kabi samarador bo'lmadi. Ishqibozlar keyingi 45 daqiqalikda gol ko'rishmadi. Ammo hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar "Lion" foydasiga ishladi. Nabil Fekir uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida g'alaba to'pini kiritishga erishdi.

PSJga chempionlik yo'lidagi raqobat qilishi taxmin qilingan "Monako" joriy mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi. "Lion" esa to'rtinchi g'alabasini tantana qildi.


Turnir peshqadami PSJ uchun ham bu tur oson o'tmadi. "Dijon" uyiga safar qilgan parijliklarni juda qiyin bahs kutayotgandi. Ammo Unai Emeri jamoasi raqibni biroz mensimay maydonga tushgani ularning o'yinlariga salbiy taraflama tasir qildi va natijada jamoa birinchi golni urishga juda qiynaldi. Uchrashuvning 71-daqiqasiga kelibgina Tomas Mene gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo bu golga kutilmaganda mezbonlar javob qaytarishga erishishdi. PSJ endi qimmatli ochkolarni yo'qotdi deb turgan bir paytda yana o'sha himoyachi Tomas Mene katta sahnaga chiqdi. Neymar, Mbappe kabi hujumchilari bor parijliklarga Tomas Mene kiritgan muhim gol g'alabani taqdim etdi.


Franciya chempionati to'purarlar poygasida Radamel Falkao 12ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Edinson Kavani esa 8ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Jahon futbolidagi eng qimmat transferga sababchi bo'lgan Neymar esa 5ta golli uzatma bilan Franciya chempionatining eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi.



Eng ko'p muxlis qaysi ligada? (statistika)

APL, 8-tur: Jami 330010 tomoshabin.
Eng ko'p muxlislar tashrif buyurgan o'yin: "Tottenxem" - "Bornmut" 1:0 (73502 tomoshabin)
Eng kam muxlis kelgan uchrashuv: "Uotford" - "Arsenal" 2:1 (20 384 tomoshabin)

A Seriya, 8-tur: Jami 257489 tomoshabin.
Eng ko'p muxlislar tashrif buyurgan o'yin: "Inter"  - "Milan" 3:2 (78328 tomoshabin)
Eng kam muxlis kelgan uchrashuv: "Sassuolo" - "Kevo" 0:0 (8000 tomoshabin)

Franciya 1 divizioni, 9-tur: Jami 231969 tomoshabin.
Eng ko'p muxlislar tashrif buyurgan o'yin: "Lion" - "Monako" 3:2 (43295 tomoshabin)
Eng kam muxlis kelgan uchrashuv: "Monpele" - "Nicca" 2:0 (14374 tomoshabin)

La Liga, 8-tur: Jami 246954 tomoshabin.
Eng ko'p muxlislar tashrif buyurgan o'yin: "Atletiko" - "Barselona" 1:1 (64939 tomoshabin)
Eng kam muxlis kelgan uchrashuv: "Eybar" - "Deportivo" 0:0 (5125 tomoshabin)

Bundesliga, 8-tur: Jami 436495 tomoshabin.
Eng ko'p muxlislar tashrif buyurgan o'yin: "Borussiya" - "Leypcig" 2:3 (80100 tomoshabin)
Eng kam muxlis kelgan uchrashuv: "Xoffenxaym" - "Augsburg" 2:2 (27014 tomoshabin)


Bundesliga muxlislar tashrifi bo'yicha qolgan ligalardan ancha yuqorida. Ushbu haftada eng ko'p muxlis Dortmunddagi "Borussiya" - "Leypcig" uchrashuvida kuzatilgani ham yangilik emas.
Ikkinchi o'rinda esa Angliya premer ligasi.
A Seriya esa bu haftada tomoshabinlar tashrifi bo'yicha La Ligani ham ortda qoldirdi. Ispaniya primerosi muxlislar tashrifi bo'yicha faqatgina Franciyadan tepada turibdi. Franciya 1 divizioni esa oxirgi pog'onani band etib turibdi.



Kuchli-beshlikda haftaning ramziy terma jamoasi (4-3-3):
Darvozabon: De Xea (MYU)
Himoyachilar: Tomas Mene (PSJ), Naldo ("SHalke"), Mats Xummels ("Bavariya"), Jo Gomez ("Liverpul")
Yarim himoyachilar: Marsel Zabicer ("Leypcig"), Lukas Leyva ("Lacio"), Raxim Sterling ("Manchester Siti")
Hujumchilar: CHiro Immobile ("Lacio"), Ikardi ("Inter"), Bakambu ("Vilyarreal")

Bosh murabbiy: Roy Xojson ("Kristal Pelas")

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика