So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

Kuchli-beshlik: Tur tahlili (APL, La Liga, Bundesliga, A Seriya, Franciya 1 divizioni) Yangiliklar

Kuchli-beshlik: Tur tahlili (APL, La Liga, Bundesliga, A Seriya, Franciya 1 divizioni)

Kecha ko'plab evropa milliy chempionatlarida tur o'yinlari yakunlandi.

Angliya premer ligasi va La Ligada bugun tunda turning so'nggi o'yinlari o'tkaziladi.

Kuchli-beshlik chempionatlarida o'tgan haftada bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Angliya premer ligasining 6-turida kutilganidek etakchilar g'alaba qozonishdi. Turnir peshqadamlari Manchesterning ikki klubi o'z "cho'ntagi"ga navbatdagi 3 ochkoni qo'shib qo'ydi. Gvardiola shogirdlari "Kristal Pelas"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan bo'lsa, Mourinyu boshchiligidagi "Yunayted" "Sautgempton" safaridan g'alaba bilan qaytishdi.
Ularni quvayotgan "CHelsi" esa mehmonda Morataning xet-trigi evaziga "Stok Siti"ni ranjitdi. "Liverpul" ham dramatik o'tgan o'yinda "Lester"dan ustun keldi.
Londonda esa "Tottenxem" shahardoshlari "Vest Xem"ni mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqishdi.

Turnir jadvalining pastki qatoriga tushib ketgan "Arsenal" esa bugun turni yakunlab qo'yadi.


To'purarlar bahsida ham kurash ancha qizg'in kechmoqda. Morata "CHelsi"dagi ilk xet-trigini nishonladi. Lukaku gol urishni davom ettirmoqda. Xarri Keynni kuz faslida to'xtatishni iloji bo'lmayapti. Aguero ham deyarli har uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda. "Liverpul"ning yangi azosi Salax ham gol tamini yaxshi his etib olgan.



Turnir jadvalida esa bu turdan keyin o'zgargani yo'q. Peshqadam va etakchilar o'z joylarida qolishdi. Gvardiola jamoasi o'tgan mavsumni ham shunday ko'tarinki kayfiyatda boshlagandi. Ammo 7-turda "Siti"ni Londonda to'xtatishgandi. O'shanda "Tottenxem" Gvardiola jamoasini mag'lub etgandi. Keyingi turda esa "Siti" yana Londonga, bu safar "CHelsi"ga safar uyushtiradi. Yana o'sha scenariy takrorlanadimi? Buni vaqt ko'rsatadi.


APL 6-tur ramziy terma jamoasi (3-4-3):

Darvozabon: Matyu Rayan ("Brayton")
Himoyachilar: Aspilikueta ("CHelsi"), Kristofer SHayndler ("Xaddersfild"), Fil Jons ("Manchester Yunayted")
Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson ("Liverpul"), David Silva ("Manchester Siti"), Leroy Sane ("Manchester Siti"), Richarlison ("Uotford")
Hujumchilar: Alvaro Morata ("CHelsi"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Baye Oumar Niasse ("Everton")




Italiya A Seriyasida ham peshqadamlar bu turda muvaffaqiyat qozonishdi. "Yuventus" Turin derbisida yirik g'alabani tantana qilgan bo'lsa, "Napoli" "SPAL"ni uyida ancha qiynaldi, ammo shunga qaramay neapolliklar muhim g'alabaga erishishdi.
"Inter" ham o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin o'zlariga kelishdi. Spaletti shogirdlari qiyinchilik bilan "Jenoa" qarshiligini engishni uddasidan chiqishdi.
"Roma" esa Rimda "Udineze"ni ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi.
"Lacio" ham bu turda CHiro Immobilening gollari evaziga "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyat alamini "Verona"dan olishgi muvaffaq bo'ldi.
Turning kutilmagan natijasini "Milan" qayd etdi. "Sampdoriya" mehmoni bo'lgan Vinchenco Montella qo'l ostidagi "Milan" raqiblari darvozasini ishg'ol etish tugul birorta aniq zarba ham berolmadi. Natijada Sapata va Alvarez kiritgan gollar tufayli "Sampdoriya" g'alabaga erishdi. SHu tariqa mezbonlar ushbu mavsumdagi mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirishdi.


To'purarlar poygasida mavsumni ajoyib boshlagan Dibala karvonboshchilik qilmoqda. Paulo Dibala o'tkazilgan 6ta o'yinda jami 10ta gol urishni uddasidan chiqdi.
Ikkinchi pog'onada borayotgan CHiro Immobile ham Dibalaga jiddiy kurash taklif etmoqchi.

Turnir jadvali deyarli o'zgarishlarsiz qoldi. "Napoli" va "Yuventus" qo'shpeshqadamlikni davom ettirishmoqda. "Inter" esa ularni quvuvchi rolida. "Lacio", "Roma", "Milan" va "Sampdoriya" esa ketma-ketlikda joy olishgan.
Eslatib o'tamiz, "Roma" va "Sampdoriya" bu jamoalarga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazgan.



A Seriya 6-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Stefano Sorrentino ("Kevo")
Himoyachilar: Fayzi Gulyam ("Napoli"), Luiz Felipe ("Lacio"), Filip Elander ("Bolonya"), Danilo D`Ambrosio ("Inter")
Yarim himoyachilar: Lukas Torreyra ("Sampdoriya"), Miralem Pyanich ("Yuventus"), Andrea Barberis ("Krotone")
Hujumchilar: El-SHaaravi ("Roma"), CHiro Immobile ("Lacio"), Paulo Dibala ("Yuventus")



Ispaniya primerosining ushbu turida "Barselona" jamoasi Kataloniya derbisida raqibining avtogollari hamda Suaresning birgina aniq zarbasi evaziga yirik g'alabani tantana qildi va turnir jadvalida o'z peshqadamligini yanada mustahkamladi.
Turning markaziy o'yinida esa "Atletiko" "Sevilya"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

"Real" esa "Alaves" bilan to'qnash keldi va Daniel Sebalosning "dubl"i" "qaymoqringliklar"ga muhim 3 ochkoni keltirdi. "Betis"ga qarshi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ushbu g'alaba Zidan shogirdlari uchun juda muhim edi.


Valensiya" esa "Real Sosedad"ga qarshi o'tgan safar o'yinida xarakter ko'rsatdi va muhim 3 ochkoni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Mavsumni super o'tkazayotgan "Levante" esa bugun tunda turni yakunlab beruvchi o'yinda "Real"ni mag'lub etgan "Betis" mehmoni bo'ladi.

Turnir jadvalida yo'qotishlarsiz ketayotgan "Barselona" yakka hokimga aylangan. "Atletiko" esa ularni taqib etmoqda. Kuchli uchtalikni "Sevilya" yopib turibdi. "Real" esa "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng 5-pog'onaga ko'tarilib oldi.


To'purarlar bahsida Messi hozircha 9ta gol bilan yakka peshqadam. Uni eng yaqin raqobatchisi Simone Dzadza hisobida 5ta gol mavjud.


La Liga 6-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon
: Ivan Kuellar ("Leganes")
Himoyachilar: Luis Felipe ("Atletiko"), Kala ("Getafe"), Gustavo Kabral ("Selta"), Ugo Mallo ("Selta")
Yarim himoyachilar: Gonsalo Guedes ("Valensiya"), Ruben Perez ("Leganes"), Daniel Sebalos ("Real")
Hujumchilar: Anxel Rodrigez ("Getafe"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Xerard Moreno ("Espanol")



Franciya chempionatining bu turida PSJ kutilmaganda ochko yo'qotdi. "Monpele"ga Neymarsiz borgan parijliklar raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Natijada Unai Emeri jamoasi qimmatli 2 ochkoni yo'qotdi.


"Monako" esa "Lill" mehmoni bo'lib mezbonlarni to'rtta gol bilan siyladi va turnir jadvalida PSJga yaqinlashib oldi. "Bordo" ham ushbu mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Hali mag'lubiyatga uchramagan ushbu jamoa o'tgan turda "Gengam"ni mag'lub etdi va turnir jadvalida kuchli uchtalikka kirib oldi.

To'purarlar poygasida Radamel Falkao qolgan futbolchilardan ancha ilgarilab ketgan. Kolumbiyalik hujumchi hisobida 11ta gol bor va eng yaqin taqibchisi Kavanidan 4ta gol ko'p urgan.



Franciya chempionati 7-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Benjamin Lekomte ("Monpele")
Himoyachilar: Yorge ("Monako"), Romain Jenevoys ("Kan"), Kristofe Xerelle ("Troyes"), Ferland Mendi ("Lion")
Yarim himoyachilar: Sanxare ("Bordo"), Xossem Aouar ("Lion"), Florian Tauvin ("Marsel")
Hujumchilar: Lukas Okampos ("Marsel"), Radamel Falkao ("Monako"), Mario Balotelli ("Nicca")



Bundesligada ushbu turda kutilmagan natija qayd etildi. Mavsumni juda bo'sh boshlagan va bosh murabbiyini istefoga chiqargan "Volfsburg" Myunxenda SHmidt qo'l ostida "Bavariya"dan ochko olib qaytdi. Bu esa turning eng sensacion natijasi bo'ldi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda "Bavariya" birinchi bo'limda masalani deyarli hal etgandek taassurot qoldirgan. Ammo tanaffusdan keyin "bo'rilar" Noyerni o'rinbosari Sven Ulrayxning jarima zarbasidan keyingi qo'pol xatosidan keyin hisobni qisqartirishga erishishdi. Uchrashuv yakunlanishiga oz fursat qolganida esa Didavi zaxiradan maydonga tushib jamoasi uchun muhim golni urdi va "Volfsburg" Myunxendan ochko bilan qaytadigan bo'ldi.


Peshqadam Dortmund esa o'z uyida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini mehmon qildi. Maksimilian Filipp va Obameyangning benefisiga aylanib ketgan bahsda Peter Boshsh jamoasi Xekkingni "qo'shini"ni tor-mor keltirdi. SHuningdek, ushbu o'yinda Roman Byurki darvozasi ushbu mavsumda SHtindl tomonidan ilk bor ishg'ol etildi.

Yosh mutaxassislar to'qnashuvida Nagelsmann Tedeskoni ishonchli tarzda mag'lub etdi.
"Kyoln" esa ushbu turda joriy mavsumdagi o'zining ilk ochkosini qo'lga kiritdi. "Gannover" mehmoni bo'lgan SHtoger jamoasi durang qayd etdi.

Turnir jadvalida Dortmundning "Borussiya" jamoasi ishonch bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. "Xoffenxaym" esa ikkinchi pog'onadan o'rin olgan. Kuchli uchtalikni esa bu turda o'z uyida ochko yo'qotgan "Bavariya" tugatib turibdi.


To'purarlar bellashuvida kutilganidek Levandovski va Obameyang kurashi ancha qizimoqda. Bu turda xet-trik qayd etgan gabonlik hujumchi Robert Levandovskidan o'tib ketdi.
Ularga esa "Leypcig" hujumchisi Timo Verner raqobat tug'dirishga urinmoqda.



Bundesliga 6-tur ramziy terma jamoasi (4-4-2):  

Darvozabon: Oliver Baumann ("Xoffenxaym")
Himoyachilar: Jeremi Tolyan ("Borussiya" D), Niklas Moysander ("Verder"), Abdou Diallo ("Maync"),  Stiven Cuber ("Xoffenxaym")
Yarim himoyachilar: Leon Baley ("Bayer"), Maksimilian Arnold ("Volfsburg"), Yulian Vaygl ("Borussiya" D), Maksimilian Filipp ("Borussiya" D)
Hujumchilar: Kevin Folland ("Bayer"), Per-Emerik Obameyang ("Borussiya" D)


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика