So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Kuchli-beshlik: Bugun siz ko'rishingiz shart bo'lgan o'yinlar Yangiliklar

Kuchli-beshlik: Bugun siz ko'rishingiz shart bo'lgan o'yinlar

Kecha Franciya va Germaniya Bundesligasida tur uchrashuvlariga start berildi.


"Bavariya" kutilmaganda o'z uyida "Volfsburg" bilan durang qayd etdi. Franciyada esa "Monako" "Lill"ni safarda gollar bilan savaladi. Mario Balotelli to'p suradigan "Nicca" esa "Anjer" bilan jangovor durang o'ynadi.

Bugun esa kuchli-beshlikda bir qator qiziqarli markaziy uchrashuvlar o'tkaziladi.

Dastlab A Seriyadagi uchrashuvlarga etibor qaratamiz.

Italiya chempionatining 6-turi doirasidagi uchta bahs bugun bo'lib o'tadi.

"Roma" o'z uyida turnir jadvalida 16-o'rinda borayotgan "Udineze"ni mehmon qiladi. "Udineze" oxirgi marta "Roma"ni 2012 yilgi mavsumda aynan Rimda mag'lub etgan. SHundan so'ng "Roma" hali "Udineze"ga yutqazmagan.

Mauricio Sarri boshchiligidagi "Napoli" esa "SPAL 2013"ga safar uyushtiradi. A Seriyaga ko'nikib borayotgan jamoa uchun "Napoli" qarshiligiga dosh berish juda mushkul bo'lishi aniq.

Turning markaziy bellashuvi Turinda o'tadi. Turin derbisida "Yuventus" hamda "Torino" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Sinisha Mixaylovich "Alyanc Stedium"da Allegriga taktik kurash taklif etadi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs doim qiziqarli murosasiz o'tadi. SHu boisdan ham bu o'yinga bo'lgan qiziqish ancha yuqori darajada.


La Ligada ham bugun Evropa chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalar o'zlarining tur o'yinlarini o'tkazishadi.
Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" o'z uyida "Sevilya" bilan kuch sinashadi. Turnir jadvalidagi "qo'shnilar" o'rtasidagi bahs kim "Barselona"ga peshqadamlik uchun raqobatni davom ettirishini belgilab beradi.


Zinedin Zidan esa "Real" bilan "Alaves"ga safarga chog'lanmoqda. Bugun "qirollik klubi" mavsum boshlanganidan buyon ochko ishlamagan "Alaves" bilan bahs yuritadi.
"Real" so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar uchun muxlislari oldida qarzdor. SHu boisdan ham Zidan bu o'yinga ancha jiddiy yondoshishga majbur.
"Alaves" esa "Real"ga qarshi uchrashuvda mavsumdagi o'zining ilk ochkosini qo'lga kiritishiga ishonish qiyin.


Peshqadam "Barselona" esa bu turda "Jirona" mehmoni bo'ladi. Kataloniya derbisida favorit nomi aniq. "Jirona" bu turda sensaciya qayd etishga urinib ko'radi.

Franciya chempionatida eng etiborga molik bellashuv "Monpele" hamda PSJ o'rtasida kechadi. Peshqadam PSJ kecha ularni ochkolar soni bo'yicha quvib etgan "Monako"dan qochish uchun ham g'alaba qozonishi shart.
Kavani-Neymar mojarosidan keyin jamoada ichki muhit qanday ekanligini ko'rsatib beruvchi o'yinda "Monpele" sensaciya uchun kurashadi.


Germaniya Bundesligasida turning eng qiziqarli o'yini Dortmundda bo'ladi.
Peter Boshsh jamoasi o'z uyida Diter Xekking boshchiligidagi boshqa bir "Borussiya"ni qabul qiladi.
Dortmund - Myonxengladbax qarama-qarshiligida qaysi murabbiyning rejasi ish berishini amalda ko'ramiz.
Boshsh tajovuzkor, ochiq futbolni xush ko'radi va jamoa shunga monand harakat qiladi. Diter Xekking esa qarshi hujumda raqibga qanday muammolar tug'dirishni biladi.


Angliyada bugun 6-tur start oladi.


Tur London derbisi bilan boshlanadi. "Tottenxem" "Vest Xem" mehmoniga aylanadi.
Mavsumni gollar-shousi bilan davom ettirayotgan "Siti" bu turda "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.
Joze Mourinyu boshchiligidagi "Manchester Yunayted" esa "Sautgempton"ga safar uyushtiradi.
"CHelsi" esa "Stok Siti" bilan kuch sinashadi.
Yurgen Klopp esa o'zining quvnoq jamoasi bilan "Lester"ni maydonida "Liverpul"ni boshlab tushadi.


Franciya chempionati, 7-tur.

22 sentyabr, juma
"Nicca" - "Anjer" 2:2
"Lill" - "Monako" 0:4
23 sentyabr, shanba
"Monpele" - PSJ (20:00)
"Bordo" - "Gengam" (23:00)
"Kan" - "Amiens" (23:00)
"Lion" - "Dijon" (23:00)
"Metc" - "Troec" (23:00)

A Seriya, 6-tur.

23 sentyabr, shanba
"Roma" - "Udineze" (18:00)
"SPAL 2013" - "Napoli" (21:00)
"Yuventus" - "Torino" (23:45)

La Liga, 6-tur.

23 sentyabr, shanba
"Atletiko" - "Sevilya" (16:00)
"Alaves" - "Real" (19:15)
"Malaga" - "Atletik" (21:30)
"Jirona" - "Barselona" (23:45)

Angliya premer ligasi, 6-tur.

23 sentyabr, shanba
"Vest Xem" - "Tottenxem" (16:30)
"Suonsi" - "Uotford" (19:00)
"Stok Siti" - "CHelsi" (19:00)
"Sautgempton" - "Manchester Yunayted" (19:00)
"Manchester Siti" - "Kristal Pelas" (19:00)
"Everton" - "Bornmut" (19:00)
"Byornli" - "Xaddersfild" (19:00)
"Lester" - "Liverpul" (21:30)

Bundesliga, 6-tur.

23 sentyabr, shanba
"Leypcig" - "Ayntraxt" (18:30)
"Xoffenxaym" - "SHalke" (18:30)
"Verder" - "Frayburg" (18:30)
"Maync" - "Gerta" (18:30)
"SHtutgart" - "Augsburg" (18:30)
"Borussiya" D - "Borussiya" M (21:30)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика