Kubok finalida "Navbahor" darvozasini ishg'ol etgan futbolchi endi "lochin"ga aylanadimi?
02 dek 19:44
Yangiliklar
Kubok finalida "Navbahor" darvozasini ishg'ol etgan futbolchi endi "lochin"ga aylanadimi?
"Andijon" himoyachisi Islom Mamatkazin faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov malumot berdi.
"2024 yil O'zbekiston Kubogi finalida "Navbahor"ga gol urgan "Andijon" markaziy himoyachisi Islom Mamatkazin tez orada aynan "Navbahor" safiga qo'shilishi mumkin. "Lochinlar"ning legioner markaziy himoyachilari jamoani tark etgan va Kapadzega birinchi navbatda himoyachilar kerak", – deyiladi xabarda.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum "burgutlar" libosida 23 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar
Qayerda bòlsa ham Islomga omad. Doimo ishonganlarni ishonchini oqlab kerakli darajaga erishsin.