Kubo – La Ligada 10 ta gol urgan ikkinchi yaponiyalik
14 fev 2023 08:40
Yangiliklar


Kubo – La Ligada 10 ta gol urgan ikkinchi yaponiyalik
Ispaniya chempionati 21-turida “Real Sosedad” safarda “Espanol”ni 3:2 hisobida taslim etishga erishdi.
O'yindagi ilk golni o'z hisobiga mehmonlar azosi Takefusa Kubo yozdirib qo'ydi. Bu 21 yoshli futbolchi uchun La Ligadagi 10-gol bo'ldi va u mazkur natijaga erishgan ikkinchi yaponiyalikka aylandi. Avvalroq bunga Takashi Inui muvaffaq bo'lgandi va u Primeradagi 166 bahsda 16 ta to'p kiritishga erishgan.
Kubo esa Ispaniya Oliy divizionida 112 uchrashuvda qatnashishga ulgurdi. U “Vilyarreal”, “Xetafe”, “Malorka” sharafini himoya qilgan, ammo “Real”da birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar