"Kuala-Lumpur" O'zbekistonga etib keldi
01 okt 2022 13:34
Yangiliklar


"Kuala-Lumpur" O'zbekistonga etib keldi
Xabaringiz bor, 5 oktyabr kuni OFK Kubogi hududlararo final bellashuvida "So'g'diyona" Jizzaxda Malayziyaning "Kuala-Lumpur" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, malayziyaliklar bugun soat 13:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga etib kelishgan. Malayziyadan yurtimizga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'qligi bois klub Kuala-Lumpur – Seul – Toshkent yo'nalishida parvoz qildi.
Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kungi bahsni Ali Saboh Adday Al Qaysi boshchiligidagi iroqlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar