Kuadrado va "Yuventus" o'rtasidagi hamkorlik davom etadi

21 noya 2019, 22:15
Bu haqida gianlucadimarzio.com sayti xabar berdi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado yaqin orada jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugun tongda Turin klubi ofisida tomonlar ushbu masalani muhokama qilishgan. Yangi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar amal qilishi taxmin qilinmoqda. Bitimga o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni yana bir yil muddatga uzaytirish mumkinligi haqidagi band ham kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, kolumbiyalik futbolchi "keksa sinora" jamoasi sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com