Kroyff: "Ser Aleksdan keyin Gvardiola MYUni boshqarishi mumkin edi"
04 may 2018 14:30
Yangiliklar
Kroyff: "Ser Aleksdan keyin Gvardiola MYUni boshqarishi mumkin edi"
Tel-Avivning "Makkabi" jamoasi bosh murabbiyi Yordi Kroyff 2013 yilda Pep Gvardiola MYUni boshqarishi mumkin bo'lganini aytdi.
"Gvardiola "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lguniga qadar u "Manchester Yunayted"ni boshqarishiga ishongandim. "Yunayted"da shunday imkoniyat bo'lgandi.
O'sha paytlarni eslayman. MYU boshqani tanladi. Gvardiolaning oldida esa boshqa yo'llar ham bo'lgandi.
Ser Aleks ketganiga 5 yil bo'ldi, shu vaqt davomida MYU kuchli jamoaga aylanmadi. Agarda 5 yil oldin MYU rahbariyati qarorni to'g'ri chiqarganida barchasi hozirgi kabi bo'lmasdi", - dedi Kroyff.
Malumot uchun, Kroyff 1996-2000 yillarda "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar