Krosas: "Peres 4 oy ichida Ispaniya terma jamoasi va tarixdagi eng yaxshi "Real"ni vayron qildi"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018, 18:50
"Barselona" sobiq futbolchisi Mark Krosas "El-Klassiko"dan so'ng "Real" prezidenti Florentino Peresni tanqid qildi.

"Bechora Lopetegi. Kuchli va qaqshatkich "Barselona". Messisiz. ammo Suares va Alba bilan. Peres nima bo'layotganini tushunyaptimi? U to'rt oy ichida Ispaniya terma jamoasi va tarixdagi eng yaxshi "Real"ni vayron qilib tashladi" - deb yozdi Krosas "Tvitter"dagi sahifasiga.

Eslatib o'tamiz, Xulen Lopetegi JCH-2018 oldidan Ispaniya terma jamoasini tark etib, "Real" bosh murabbiyiga aylandi. Mundialda ispanlarni Fernando Yerro boshqardi. Jamoa turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. "Lopetegi" "Real"ga o'tganidan so'ng ketma-ket 4ta mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com