Kroos Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan futbolchilarni tanqid qildi
21 okt 2023 12:00
Yangiliklar
Kroos Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan futbolchilarni tanqid qildi
"Messining transferida hech qanday yomon narsa ko'rmayapman. Nega Mayamida 2-3 yil o'ynab, keyin tugatmasligi kerak? Saudiya Arabistoniga borish men uchun boshqa muammolar tufayli qiyinroq.
Inson huquqlari mening o'tishimga to'sqinlik qiladigan narsalardan biridir. Ammo har kim o'zi qaror qiladi – masalan, faoliyatining oxirida buni qilishga qaror qilgan Krishtianu Ronaldu. Ammo futbolchilar o'zining eng yaxshi chog'ida, Evropaning top-klublarida o'ynay oladigan sifatga ega bo'lib turganida u erga borishi... Keyin esa bu odamlar o'zlarining maqsadlari borligini aytishadi. Lekin hammasi pul uchun. Bu qarorlar pul uchun va futbolga qarshi qabul qilinmoqda. Bundan buyon esa barchamiz biladigan va sevadigan futbol uchun hammasi qiyinlashadi", – dedi Toni Kroos.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni ligasiga o'tishi ko'plab yulduz va mashhur futbolchilar uchun eshiklarni ochgandek bo'ldi. Yozda bu mamlakatga Neymar, Karim Benzema, Sadio Mane va boshqalar ko'chib o'tishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar