Kroos "Real"ga "CHelsi"ga qarshi o'yinda yordam beradi
26 apr 2021 18:47
Yangiliklar
Kroos "Real"ga "CHelsi"ga qarshi o'yinda yordam beradi
Yarim himoyachisi Toni Kroos Madridning "Real" klubiga CHempionlar Ligasi yarim final "CHelsi"ga qarshi ilk o'yinda yordam bera oladi.
Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan aytib o'tdi. Eslatib o'tamiz, germaniyalik xavbek so'nggi ikkita o'yinda jarohati bois ishtirok eta olmadi, ammo u ayni damda umumiy guruhda shug'ullanmoqda.
Zidan bo'lajak o'yinda qanot himoyachisi Ferlan Mendi o'tkazib yuborishini aytdi. Katta ehtimol bilan uning o'rnini Marselo egallaydi.
"Real" va "CHelsi" o'rtasidagi o'yin 27 aprelda Madridda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar