Kroos Kazemironing "Real"dan MYUga ketishi haqida: "CHL o'rniga EL - katta farq"
31 avg 2022 14:57
Yangiliklar
Kroos Kazemironing "Real"dan MYUga ketishi haqida: "CHL o'rniga EL - katta farq"
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Kazemironing "Manchester Yunayted"ga o'tish qaroridan hayron qolganini tan oldi.
"Bu qaror meni hayron qoldirdi. U nimadir yangilik qilmoqchi bo'ldi. U 30 yoshda va ikki-uch yildan so'ng bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligini biladi. U hozirda yangi qadam uchun juda ham yaxshi yoshda.
OAVda bu haqda ko'plab xabarlar tarqaldi. Boshida men buni umuman kutmadim va shunchaki mish-mishlar deb o'yladim. Kazemironing ketishi men uchun syurpriz bo'ldi. CHempionlar Ligasi o'rniga Evropa Ligasi — katta farq", — deydi Kroos.
30 yoshli braziliyalik 2022 yilning avgustida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi. U manchesterliklar bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar