Kroos jiddiy jarohat oldi

8 yanv 2019, 00:55
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos LaLiga 18-turida jiddiy jarohat oldi.

Bu haqda klubning rasmiy sayti ma'lumot berdi. "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuv germaniyalik futbolchi uchun og'ir o'tdi. Tibbiy tekshiruv paytida Toni Kroosda chap oyogidagi mushaklar tendori yorilganligi kuzatildi. Uning qachon safga qaytishi ma'lum emas.

"Real"ning kelgusi o'yinlarida Kroosning o'rnini Isko egallashi kutilmoqda. Keyingi o'yin "Betis"ga qarshi 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com