Kroos Germaniya terma jamoasi lageriga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2016, 10:17
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasi ixtiyoriga kelib qo'shildi.

26 yoshli futbolchi klubi safida YCHL finalida maydonga tushdi. Yoaxim Lev unga qo'shimcha xordiq olish imkonini berdi. Kroos terma jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi.

Bundestim ayni paytda Shveytsariyada yig'in o'tkazmoqda. 4 iyunda nemislar Vengriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya EVRO-2016 guruh bosqichida Ukraina, Polsha va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dfb.de