Kristian Kivu "Inter"da ish boshladi
02 iyu 2021 19:07
Yangiliklar
Kristian Kivu "Inter"da ish boshladi
Italiyaning "Inter" klubi sobiq himoyachisi Kristian Kivu klub tarkibida yangi lavozim egasiga aylandi.
Ruminiyalik 40 yoshli mutaxassis Kristian Kivu "Inter"ning U-19 jamoasida ish boshladi.
O'tgan mavsumda Kivu U-18 jamoasida ishlagan hamda ular bilan birga Italiyadagi turnirda yarim finalga qadar etib borgan. Ushbu bosqida esa "Jenoa"ga imkoniyatni boy bergan. "Jenoa" esa turnir chempioniga aylangan.
Eslatib o'tamiz, Kivu 2007–2014 yillarda "neradzurrilar" safida harakat qilgan hamda klub bilan sakkizta sovrinni qo'lga kiritgan, shu jumladan, CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan.
Fikrlar